So’nggi yangiliklar

12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  0 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  9 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  2 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  1 11:21Неймар "Барселона" қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  5 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  2 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  11 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  3 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  6 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  4

Birinchi davra yakunlari. “Nasaf” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Nasaf”

Milliy chempionatimizda birinchi davra bahslariga yakun yasaldi.
Odatimizga ko'ra oliy liganing jamoalarining birinchi davradagi ishtiroki xususida fikr bildirishda davom etamiz. “Lokomotiv” va “Paxtakor”dan keyin navbat uchinchi o'rin bilan kichik tanaffusga chiqib ketgan “Nasaf”ga. Qashqadaryoning bosh jamoasi o'tgan yil 58 ochko bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Ular chempion “Bunyodkor”dan atigi 3 ochko kam to'plashdi. Joriy mavsumga “Nasaf” yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa-da, Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o'ta olmadi. Natijada bor etiborini ichki chempionatga qaratishga to'g'ri keldi.



NIMANI KUTGANDIK?
“Nasaf”dan vohalik muxlislar doim yuqori o'rinlarni kutishadi. Ayniqsa, OFK Kubogi qo'lga kiritilganidan so'ng ishqibozlar va klub vakillarini o'ylantirayotgan muhim savol “Nasaf” qachon O'zbekiston chempioni bo'ladi?” bo'lib qolmoqda. Aytib o'tganimizdek, jamoa o'tgan mavsum bronza medallariga ega chiqdi. Bu yil ham birinchi davra yakunlariga ko'ra uchinchi o'rinni egallab turibdi. Aslida mavsum boshlanmasidan oldin muxlislar “Nasaf”ning kuchli uchlikda yurishini kutishgandi va jamoa hozircha buni uddaladi. Umuman olganda, uchinchi o'rin “Nasaf” uchun yomon natija hisoblanmaydi.

NIMAGA ERISHILDI?
Demak, “Nasaf” oraliq tanaffusga uchinchi o'rinni olgan holda chiqib ketdi. Jamoa birinchi va ikkinchi o'rinda borayotgan klublardan etti ochko kam to'pladi. Bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 7tasida g'alaba qozondi, 5 marta durang o'ynadi va bir bor mag'lub bo'ldi. Natijada 26 ochko to'pladi. Raqiblar darvozasiga 19ta gol urib, o'z darvozasidan 9ta to'p o'tkazib yubordi. O'tgan yil ham jamoa birinchi davrani uchinchi o'rinda yakunlagandi. Lekin unda jamoa 29 ochko to'plagan ekan. Qolaversa, “Nasaf” o'tgan yil birinchi davrada 32ta to'p kiritgandi, bu yilgisidan 13taga ko'p. To'g'ri, o'rin bir xil, ammo to'plar nisbatida farq katta. Savol tug'iladi: “Nasaf”da sermahsullik nimaga keskin pasayib ketdi? Raqiblar kuchaydimi yoki jamoa hujumchilarida pasayish yuzaga keldimi? Fikrimizcha, raqiblar bir yil ichida kuchayib qolgani yo'q. Oliy ligada o'sha-o'sha klublar ishtirok etyapti. SHu bois jamoa hujumchilarida biroz pasayish yuzaga keldi desak to'g'riroq bo'ladi.



KUCHLI TOMONI
“Nasaf”ning kuchli tomoni shubhasiz birinchi navbatda darvozabonda va jamoa yarim himoyasida. Darvozani yosh Eldorbek Suyunov ishonchli tarzda qo'riqlab kelmoqda. Oliy liganing hamma o'yinida ishtirok etgan milliy terma jamoamiz posboni o'z darvozasidan 9ta gol o'tkazib yubordi. Albatta, bu ko'rsatkich “Lokomotiv” va “Paxtakor”ga nisbatan ozgina past, biroq boshqa jamoalardan yuqori. SHuningdek, yarim himoyachilar ham birinchi davrada yaxshi harakat qilishdi. Qolaversa, himoyachilar ham o'z ishlarini bajarishdi deya olamiz.

KUCHSIZ TOMONI
Ammo aytib o'tganimizdek, “Nasaf” hujumchilari o'zlariga topshirilgan vazifani ortig'i bilan uddalay olishmadi. Bu esa jamoaning ojiz nuqtasi hujumda ekanligini anglatdi. “Nasaf” ishtirokidagi o'yinlariga etibor bersangiz, yarim himoyachilar kerak pallada hujumchilarni to'p bilan taminlab kelishdi, biroq vaziyatlarni gol bilan yakunlashga kelganda jamoa ko'p bora oqsadi. Jamoa birinchi davrada faqat bir marta mag'lubiyatga uchradi: safarda “Navbahor” bilan kechgan bahsda. Keyinchalik ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozongan holatlar kuzatildi. Ammo oxirgi to'rt o'yinning faqat bittasida zafar quchgan “Ajdarlar” qolgan uchta bellashuvda durang o'ynashdi. Yo'qsa jamoa ikkinchi o'rinda borayotgan “Paxtakor”dan etti ochkoga ortda qolmasdi.  



KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
Birinchi davrada Eldor Suyunov o'zini ko'rsata oladi. SHuningdek, jamoa sardori va etakchisi Artur Gevorkyanni ham alohida tilga olib o'tsak arziydi. Turkmanistonlik yarim himoyachi barcha uchrashuvlarda harakat qilib, ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa uning yaxshi saviyadagi legioner ekanligidan darak beradi. To'p kirita olmagan bo'lsa-da, Erkin Boydullaev har doimgidek maydon markazida katta hajmdagi ishni bajardi. SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev kabi yoshlarda o'sish borligi ko'zga tashlandi. Markaziy himoyada odatdagidek Hamza bilan Maqsud Karimov harakat qilishdi va etiborlisi ularning hech bir sariq yo qizil kartochka olmadi. Buniyam yaxshi ko'rsatkich deya olamiz.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
O'zini ko'rsata olmagan o'yinchilar qatoriga birinchi navbatda Ilhom SHomurodov bilan Kenja To'raevni qo'shsak bo'ladi. SHomurodov 11ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan bo'lsa, To'raev 12ta bahsda ishtirok etib, atigi bitta gol urdi. Bu esa hujumchi uchun kam deganidir. Bundan tashqari, sakkizta o'yinda harakat qilgan Azamat Allaniyazov birorta ham to'p kirita olmadi. Yarim himoyachilardan negadir Ilhom Yunusovning ham o'yinlari aytarli qovushmadi. Jarohatidan tuzalib keyinroq safga qaytgani uchun Igor Taran kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Yil boshida jamoa safiga kelib qo'shilgan Akrom Bahriddinov ko'p vaqtini zaxirada o'tkazib, faqat uchta o'yinda maydonga tushdi. SHuningdek, “SHo'rtan”dagi o'yinlari orqali muxlislar etiborini qozongan Laziz Ubaydullaevning ham omadi kelmadi.



XULOSA
Xulosa shuki, “Nasaf”ning birinchi davrada kam urganini inobatga olmaganda, hozircha natijalar chakki emas. Jamoa muvozanatni o'z qo'lida saqlab turibdi. Ro'ziqul Berdiev futbolchilar bilan bahamjihat ishlashga harakat qilmoqda. Qashqadaryolik murabbiy jamoa uchun borini beradigan insonlar toifasiga kiradi. Ro'ziqul Sadullaevich bejizga o'tgan yil yurtimizda “Eng yaxshi murabbiy” deb topilgani yo'q. U yaxshi futbolchilardan yaxlit jamoani tuza oldi va jamoaga malum bir o'yin uslubini singdirdi. Ehtimol SHohruh Gadoev jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqmaganida balki “Nasaf” bundan ham ko'p to'p kiritishi mumkin edi. Agar “Nasaf” hozirgi tempni va tarkibni o'z qo'lida saqlab qola olsa, hech bo'lmaganda ikkinchi o'rin uchun kurasha oladi, ammo chempionlikka jamoaning kuchi etmasa kerak.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 19
Uyda urilgan gollar – 13
Safarda urilgan gollar – 6
O'tkazib yuborilgan gollar – 9
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 4
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 5
Uydagi ochkolar – 17
Safardagi ochkolar – 19
Eng yirik g'alabasi - 3:0 (“Buxoro”)
Eng alamli mag'lubiyati – 0:1 (“Navbahor”)
Sariq kartochkalar – 18
Qizil kartochka – 1
Nechta futbolchi o'ynadi – 20



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabon
Eldor Suyunov - 13 o'yin

Himoyachilar
Botir Qoraev - 13 o'yin, 0 gol
SHuhrat Muhammadiev - 12 o'yin, 0 gol
Maqsud Karimov - 12 o'yin, 0 gol
Hamza Karimov - 11 o'yin, 1 gol
SHerzod Azamov - 8 o'yin, 0 gol
Alisher Yusupov - 6 o'yin, 1 gol
Odil Hamrobekov - 2 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Artur Gevorkyan - 13 o'yin, 7 gol
Erkin Boydullaev - 13 o'yin, 0 gol
Farrux Sayfiev - 13 o'yin, 3 gol
Ilhom Yunusov - 13 o'yin, 2 gol
Ulug'bek Dadaboev - 4 o'yin, 0 gol
Akrom Bahriddinov - 3 o'yin, 0 gol
Doniyor Narzullaev - 3 o'yin, 0 gol
Laziz Ubaydullaev - 1 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Kenja To'raev - 12 o'yin, 1 gol
Ilhom SHomurodov - 11 o'yin, 3 gol
Azamat Allaniyazov - 8 o'yin, 0 gol
Igor Taran - 5 o'yin, 1 gol

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика