So’nggi yangiliklar

18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  6 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  7

Birinchi davra murabbiylarda qanday taassurot qoldirdi? Yangiliklar

Birinchi davra murabbiylarda qanday taassurot qoldirdi?

Erudit Sport gazetasi birinchi davra yakunlariga ko'ra, Oliy liga bosh murabbiylari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
4 savol va javobdan iborat so'rovnomada, turnir peshqadami bo'lib turgan Lokomotiv jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovning aytishicha, unga jamoasining uy uchrashuvlaridan tashqari, Samarqanddagi stadionda to'p surish manzur bo'lgan. Quyida aksariyat murabbiylarning so'rovnomadagi javoblarini keltiramiz.

Savollar:

1. Birinchi davra sizda qanday taassurot qoldirdi?

2. Kuchli to'rtlik jamoalardan tashqari, qaysi jamoaning o'yini sizga maqul bo'ldi?

3. Uy uchrashuvlaridan tashqari, qaysi stadionlarda to'p surish nisbatan yoqimli va nega?

4. Imkoniyati bo'lganda, Oliy Ligadagi qaysi uch nafar futbolchini o'z jamoangizga qo'shib olgan bo'lardingiz?



Vadim Abramov (“Lokomotiv” bosh murabbiyi):

1. Taassurotlar ijobiy. Biz o'zimiz maqsad qilgan o'rindamiz.

2. Olmaliq jamoasining o'yinlari manzur bo'ldi. Bu jamoa grand klublarga hamisha jiddiy qarshilik ko'rsatadi.

3. O'z maydonimizdan tashqari, menga Paxtakor stadionida to'p surish yoqimli. SHuningdek, Samarqandning Dinamo stadionidagi maydon holati va o'yingohdagi atmosfera manzur bo'ldi. Biz u erda chempionat va kubok uchrashuvida to'p surdik.

4. Bu savolga javob berish biroz noqulay, chunki hozir ularni nomma-nom aytsam, barchasi oldimga yugurib kelishadi (kuladi). Albatta, bu hazil. Jiddiy aytsam, Oleg Zoteev, Jamshid Iskandarov va Kaxi Maxaradzelarni o'z jamoam tarkibida ko'rishni istardim.



Ro'ziqul Berdiev: (“Nasaf” bosh murabbiyi):

1. Meni ajablantirmadi. CHunki yuqoridagi to'rtlik jamoa chempionatda ham, Kubokda ham yaqqol ajralib turdi. Bu narsa bir necha yildan beri takrorlanib kelyapti. Men uchun yangilik bo'lmadi.

2. Bu borada aytadigan bo'lsam, “Qizilqum” o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti. “Mashal” jamoasining ham o'yini kutilganidan yaxshiroq chiqdi. SHuningdek, “Andijon”ning kutilmagan oxirgi o'ringa tushib qolishi ham chinakam yangilik bo'ldi.

3. Ko'p o'yinlarimizni safarda o'tkazdik. Barcha maydonlarning sifati ham talab darajasida emas. Ammo muxlislarning o'yinimizga ko'p kelishgani bizga qaysidir tarafdan maqul tushdi. “Lokomotiv” va “Olmaliq” stadionida o'yin o'tkazdik. O'sha erdagi maydonlarning sifati havas qiladigan darajada.

4. Jamoamda Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov va Fozil Musaevlarni o'z jamoamda ko'rishni istardim.



Murod Ismoilov (“Neftchi” bosh murabbiyi):

1. Hamma jamoalar o'rtasida teng kurashlar kechmoqda. Yuqori o'rinlarda borayotgan va pastki pog'onalarni band etib turgan jamoalar orasida kurash qizg'in. Birinchi davrada bir qancha kutilmagan natijalar ham bo'ldi. Umuman olganda, qiziqarli davom etmoqda.

2. Ulardan tashqari biror jamoani alohida aytib, boshqasini xafa qilgim kelmayapti. Masalan, “Buxoro” yomon o'ynamayapti. “Navbahor”ni ham tilga olib o'tgan bo'lardim. “Olmaliq” jamoasini ham yoddan chiqarmaslik kerak.

3. Maydonning sifati va sharoitlari borasida gapiradigan bo'lsam, Toshkent jamoalaridagi vaziyat yaxshiroq. O'yinlar ham kechki salqinda o'tkaziladi. Muxlislik tomonidan qaraydigan bo'lsak, vodiy bu borada ancha faol. Namangan va Andijon maydonlarida minglab muxlislar qarshisida to'p surish yoqimli. SHuningdek, “Nasaf” maydonida ham, uning muxlislari ham ajoyib.

4. Hech kimni xafa qilmoqchi emasman. Menga o'z o'yinini tushunishi bo'yicha har doim Akbar Ismatullaevning o'yini yoqadi. Uni jon deb qo'shib olgan bo'lardim. Yana tajribali himoyachi jalb qilgan bo'lardim, ammo uning nomini ayta olmayman.



Baxtiyor Ashurmatov (“Navbahor” bosh murabbiyi):

1. Asosiy maqsadimiz ishqibozlarni o'z o'yinimiz bilan xursand qilish va bu orqali ularni stadionga qaytarish.

2. “Olmaliq” jamoasi yaxshi taassurot qoldiryapti. U erda kuchli murabbiy ishlayapti va tarkibida kuchli legionerlari ham bor. Hozirgi egallab turgan o'rnidan ko'ra yuqori pog'onalar uchun kurashish imkoniyatiga ega. “So'g'diyona” oxirgi o'rinlarda bo'lishiga qaramasdan, Davron Fayziev ajoyib jamoani tuzgan. Dinamo jamoasi o'yini ham menga manzur bo'ldi.

3. Menga safar o'yinlaridan ko'ra o'z maydonimizdagi o'yinlarimiz maqul keladi. Mehmondagi uchrashuvlarimizdan “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlarida o'tkazgan o'yinlarimiz menga maqul keldi.

4. Bilasizmi, vaziyatga real baho berishni yoqtiraman. Jamoasi bilan shartnomasi bo'lgan o'yinchilardan kimnidir “Navbahor”da ko'rishni xohlardim desam, ular jamoamizda paydo bo'lib qolishmaydi. Lekin chempionatimizda yaxshi taassurot qoldirayotgan o'yinchilar bor. Aytaylik, “Paxtakor”dan Jamshid Iskanderov. “Nasaf”dan Artur Gevorkyan bilan Eldor Suyunov. SHuningdek, “Bunyodkor” o'yinchisi Sardor Rashidovni ham qo'shgan bo'lardim. Ular jamoamizda bo'lishganida sheriklariga dalda bo'lishardi.



Rustam Mirsodiqov (“Metallurg” bosh murabbiyi):

1. Qanaqa taassurot qoldirishi mumkin? Oldinda hali ikkinchi davra bahslari turibdi. Mavsum tugaganidan keyin nimadir deyishim mumkin. Har doim qiziq savollar berasizlar-da, yoqdimi-yoqmadimi deb. Hammasi reja asosida davom etyapti-ku. Qaerdadir yaxshi, qaerdadir yomon o'yin ko'rsatdik. Umumiy tahlilni mavsum tugaganidan keyin qilsa bo'ladi.

2. “Olmaliq” jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatyapti. “Navbahor” va “Navbahor” haqida ham shunday fikrni bildirishim mumkin. “Andijon” ham oxirgi o'rinda bo'lishiga qaramasdan, hech bir jamoa u erga borganida albatta yutamiz deb ayta olmaydi. Nimagaki, har bir uchrashuv qiziqarli o'tdi.

3. Qaerda yaxshi maydon bo'lsa, o'sha erda o'ynash futbolchilarga ham qulay, ham oson. Masalan, Paxtakor, Bunyodkor, Nasaf, Dinamo va yana boshqa jamoalarning stadionlari ajoyib holatda. Bu stadionlarda to'p surish ancha qulay.

4. Murabbiyga bunaqangi savol berish noo'rin. CHunki men qaysidir futbolchini aytsam, uning murabbiyi xafa bo'lishi mumkin. Jamoamda to'p surayotgan o'yinchilardan qoniqaman, menga boshqa futbolchilar kerak emas. Bu haqda chempionatdan so'ng gaplashsa bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика