Bir yo'la uch klub MYU futbolchisi uchun raqobatlashmoqda
28 avg 2019 12:47
Yangiliklar


Bir yo'la uch klub MYU futbolchisi uchun raqobatlashmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo bir yo'la uch Evropa klubi etiboriga tushib qoldi.
29 yoshli argentinalik o'yinchi uchun "Marsel", "Milan" va "Monako" klublari raqobatlashmoqda.
Futbolchining o'zi ham bir necha bor "qizil iblislar" tarkibidan ketishni xohlayotganini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Roxo jamoaga Xarri Maguayr kelganidan so'ng ketishni qattiq xohlab qolgan.
Roxo yakunlangan mavsum "qizil iblislar" safida 8ta o'yinda maydonga tushgan. Futbolchi MYU tarkibiga 2014 yilda "Sporting" klubidan kelib qo'shilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar