So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

“Bir yilda antiseptik vositalariga benzinga qancha sarflagan bo'lsam, huddi shuncha sarfladim” – O'zbekiston klublarining matbuot kotiblari karantin davrini qanday yodga olishadi? Yangiliklar

“Bir yilda antiseptik vositalariga benzinga qancha sarflagan bo'lsam, huddi shuncha sarfladim” – O'zbekiston klublarining matbuot kotiblari karantin davrini qanday yodga olishadi?

Bugun 2021 yilning 16 mart sanasi. Roppa-rosa bir yil avval aynan shu kunda yurtimizda o'quv muassasalari, ish jarayonlari to'xtatilib, masofaviy va onlayn rejimga o'tgan edi.

SHuningdek, 2020 yilning 16 martidan boshlab O'zbekistonda futbol uchrashuvlari ham to'xtatilgan edi. O'tgan mavsumda karantin sabab to'xtab qolgan chempionat o'yinlari keyinchalik yana davom ettirildi. Biroq jamoalarning bazi futbolchi, xodimlarida virus aniqlanishi, ikkinchi bor karantin bo'lishi, albatta, oson bo'lmadi. Bugun karantin elon qilinganiga bir yil bo'lgani sabab O'zbekiston Superligasining ayrim jamoalari matbuot kotiblaridan o'tgan yil haqida fikrlarini, xotiralarini so'radik.

“Qo'qon-1912” jamoasi matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev:


“Bugun butun dunyoni xavotirga solgan koronavirus pandemiyasi yurtimizga kirib kelib, karantin boshlanganiga 1 yil bo'ldi. Aynan shundan keyin O'zbekiston chempionati o'yinlarida to'xtalishlar bo'ldi, futbolchilar, murabbiylar va o'zi umuman futbol kishilarning barchasi o'z sog'ligini xavfga qo'yib ishladi. Bir tomondan olib qarasak, o'tgan yil men uchun jamoamizning yaxshi o'yinlar ko'rsatgani bilan esda qoldi, lekin baribir mana shunday yaxshi o'yinlarni muxlislarimiz bilan birga nishonlay olmaganimiz alamli holat bo'ldi. Uyimizda chiqolmagan davrlarimiz ham bir umr xotiramizda saqlanib qoladigan bo'ldi. Umid qilamanki, bu balodan butun dunyo, yurtimiz qutiladi va to'lib-toshgan stadionlarda chiroyli o'yinlar o'tkazamiz”.




“Paxtakor” jamoasi matbuot kotibi Behzod Nazarov:

“Bir yil oldin ungacha xorij davlatlarida bu kasallik ko'plab insonlarda aniqlangani haqida o'qigandim, shu sababli koronavirusga chalingan odamlar O'zbekistonda ham topilgani hayratlanarli hol emasdi. Faqat virusga qarshi qanday kurashish kerakligini deyarli hech kim bilmasdi, shu sababli butun jahon bo'ylab shifokorlar ko'rsatmalari kutildi. Futbol yoki boshqa tadbirlarning o'tkazilishida o'zgarishlar bo'lishi aniq edi, chunki bu pandemiyaga aylanayotgani bilinib turgandi va Osiyo CHempionlar Ligasidagi o'yinimiz shu tufayli kechiktirilgandi. Keyinchalik muxlislarsiz va maxsus sharoitda o'yinlar o'tkazila boshlandi”.




AGMK jamoasi matbuot kotibi SHahboz Beg'amov:


“Ochig'ini aytsam, boshida tushunmagandim. Karatin qanday tartibda bo'lishi-yu, yashash qanday bo'lishi menga qorong'u edi. Futbolning buyog'iga qanday bo'lishi haqida o'ylab ko'rgan edim, lekin ko'proq shaxsiy hayotda qanday hayot tarzi kechishi haqida fikrlagandim. Menda shu paytgacha karantinning nima ekanligi haqida tushuncha ham yo'q edi. Keyinchalik inson ham bu jarayonlarga ko'nikib bordi. Men shu karantin davrida, bir yil ichida antiseptik vositalariga mashinaning benziniga qancha sarflagan bo'lsam, huddi shuncha sarfladim, desam adashmagan bo'laman. SHu jihatdan ham karantin men uchun esda qoldi”.




“Lokomotiv” jamoasi matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov:

“O'tgan yili 15 mart kuni karantin deb elon qilindi. Adashmasam, o'sha kuni "Lokomotiv" o'yin o'tkazgandi va ertasi kuni, dushanbadan boshlab karantin elon qilingan edi. Koronavirus haqida to'liq malumotga ega emasdim. SHu bois ham hayajon, xavotir bo'lmagan. Ochig'i, men buni oddiy qabul qilganman. Hamma qatori nima bo'larkin, deya kutganman. Uyda qoling, ko'chaga chiqmang, deyishdi. Ko'chaga chiqqanda ham, asosan, do'konga, dorixonaga, bozorga chiqib keldim faqat. Boshqa ish bilan chiqmadim.

Yana bir narsani aytaman, dastlab karantin elon qilingach men 2 haftacha maza qilganman uyda dam olib. Kitob o'qib, oilaviy xordiq olib, maza qilganman. Lekin undan keyin zerikish boshlandi. Har kuni ishga boradigan odam uyda o'tirib qolsa zerikar ekan.

Futbol haqida aytadigan bo'lsam, boshida masofadan ishladik. Ochig'i, futbolning yana bir qiziq tomonini sezdim. Bir yil futbol bo'lmasa ham u haqida yozishga, gapirishga xohish, mavzu bo'laveradi. Uni 24 soat muhokama qilsangiz ham tugamaydi. O'yinlar, hakamlar, futbolchi va murabbiylar mavzularining oxiri yo'q.

O'sha vaqtda men nima qildim? "Lokomotiv" jamoasi matbuot kotibi bo'lganim sababli jamoaga oid turli statistikalarni yig'dim. Buning uchun Championat.asia sayti muharriri Narzulla Saydullaevga rahmat. U ko'p yordam berdi. Jamoaning statistikasi, tarixiga oid malumotlarni yig'ib, qiziqarli xabar va maqolalar yozishga harakat qildim. SHuningdek, zoom orqali futbol kishilari bilan suhbatlashdik. Menimcha, bu ham juda qiziqarli kechdi. Uyda zerikkan kishilar uchun ham bu yaxshi bo'ldi.

Meni ko'proq o'ylantirgan narsa, futbolchilarga qanchalik qiyin bo'lishi edi. Ular sportchi, har kungi mashg'ulotlarga o'rganib qolishgan. Ular mashg'ulot o'tkazmay formasi tushib ketishi mumkin. Ular uchun muhimi to'p tepish edi. Lekin bu ham qiyin bo'ldi.

Karantin men uchun katta dars, saboq bo'ldi. Birinchi navbatda, odamzodning sog'ligi va qadri yuqori o'rinda turishini tushundim. Karantin menga shu narsani o'rgatdi”.




Har ne bo'lganda ham tinchlik va sog'lik bo'lsin. SHu ikkisi bo'lsa qolgani bo'ladi, menimcha. Hurmatli muxlis, siz karantinning ilk kunida qanday holatda edingiz? Qanday o'y-fikrlar o'tgan edi sizdan?


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика