So’nggi yangiliklar

19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  5 18:27Про лига. "Бухоро" – "Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  5 18:01Мбаппесиз. ПСЖ келаси мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:00Про лига. "Хоразм" – "Арал" (онлайн ҳисоб)  3 17:37Футзал бўйича Олий лига. ОКМК "Динамо" дарвозасига 5 та тўп киритди, Элбек Тўлқиновдан хет-трик!  0 16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  2 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  4 14:47FIFPro ФИФАни судга бермоқчи  4 14:20"Динамо"га трансфер тақиқи қўйилди  8 13:55"Манчестер Юнайтед"нинг 2 футболчиси умумий гуруҳга қайтди  2 13:29"Ливерпуль" ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади  1

Bir o'yin tarixi. Sidorovning g'alaba to'pi, qorli maydon, ikki xil formada o'ynagan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Sidorovning g'alaba to'pi, qorli maydon, ikki xil formada o'ynagan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi

Bir o'yin tarixi davom etadi.

2018 yilning 27 yanvar kuni O'zbekiston U-23 terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati finalida Vetnamni mag'lub etib, qita chempioni bo'lgandi.

Aksariyat muxlislarimizning taklifiga binonan bugun olimpiya terma jamoamizning tarixiy qorli finali haqida batafsil so'zlashamiz va g'alabali onlarni taqdim qilgan lahzalarni yodga olamiz.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov terma jamoadagi futbolchilarning aksariyatini yoshligidan bilardi. CHunki, Xitoydagi turnirga 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan o'yinchilar ishtirok eta olardi. Haydarov esa mazkur avlod vakillarini 2014 yil Myanmadagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati arafasida qabul qilib oladi va jahon chempionatiga olib chiqadi. Keyinchalik ushbu jamoaning o'zagida olimpiya terma jamoasi shakllnadi. SHuning uchun turnirga tashrif buyurgan hamyurtlarimizda o'zaro tushunmovchilikda muammo bo'lmasdi. Ularning safiga 1997 yilda tug'ilgan avlod ham qo'shilib yaxlit jamoa tuzilgandi. 

Ammo, bir statistika bizga qarshi turardi. Yani bundan oldingi ikki musobaqada guruhdan chiqa olmagan edik. Bu esa futbolchilarimizga qo'shimcha bosim yuklashi tabiiy edi. CHempionat startini doimgidek omadsiz boshlagan futbolchilarimiz Qatarga kichik hisobda imkoniyatni boy beradi. Yana umidlar so'ngan, ishonchlar pasaygan, kayfiyat tushib ketgandi. Ammo, futbolchilar qolgan ikki uchrashuvda Xitoy va Umonni engib iroda ko'rsatgan holda keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishadi. 

O'yindan o'yinga kuchayib borayotgan olimpiyachilarimizni chorak finalda Yaponiya kutardi. Ochig'i, qanday musobaqa bo'lmasin “samuraylar”dan hadikib turardik. Ular turnirga ancha kichik yoshdagi futbolchilar bilan kelgan bo'lsada, kuchsiz deyish noo'rin edi. Boz ustiga ikki terma jamoa Tailandagi o'rtoqlik turnirida finalda to'qnash kelgan, bir birini yaxshi bilardi. Raqibga imkoniyat qoldirmagan jamoamiz azolari birinchi bo'limdayoq barchasini to'rtta gol urib hal qilishadi. Yarim finalda esa oldimizdan Janubiy Koreya chiqadi. Bilamizki, koreyaliklar asosan jismoniy tomonlama kuchli hisoblanadi. Lekin, shu kuni biznikilar ulardan bir bosh ustun keladi va ekstra taymlarda uchta to'p kiritib final yo'llanmasiga ega chiqadi. 

Va nihoyat orzular ushaladigan kun kelgandi. Biroq, Xitoyda finaldan oldin juda qalin qor yoqqandi. Hattoki, tashkilotchilar o'yinni boshqa kunga ko'chirishmoqchi bo'lishgan. Lekin, terma jamoamiz bunga ko'nmagan. O'yin boshlanishidan oldin maydonni qalin qor qoplagandi. Bu ayniqsa to'p bilan erda ko'proq muomala qiladigan jamoag murakkab edi. Stadion xodimlari qorni qanchali kurashmasin foydasi bo'lmaydi. SHuning uchun ko'proq standart vaziyatlardan samara chiqarishga etibor qaratiladi. Amalda uchrashuvning sakkizinchi daqiqasida Doston Hamdamovning burchakdan uzatib bergan to'pidan so'ng Rustam Ashurmatov boshi bilan Tien Dung darvozasini ishg'ol qiladi. Maydon erkin harakatlanishga to'sqinlik qilsada biznikilar to'p uzatishlarda behato o'ynashga harakat qiladilar. Bo'lim so'ngida Vetnam olimpiyachisi Nguen Xai jarima zarbasini qoyilmaqom ijro qiladi va hisobni 1:1 ko'rinishiga keltiradi. 

Maydon oq, hammayoq oq qor bilan to'lgan. Natijada ikkinchi bo'limda vakillarimiz ko'k rangli futbolkada maydonga tushib kelishadi. Vetnam birinchi taymdan so'ng o'yinni qoldirish taklifi bilan chiqishadi. Biroq, o'yinda ustunlik to'liq O'zbekiston tomonida edi. Vaqt o'tib borayotgan sari penaltilar seriyasini o'ylay boshladik. Uchrashuvni lotareyagacha olib borish bir tomondan xato sanalardi. Vetnam esa finalgacha Iroq va Qatarni penaltilarda yutib kelayotgandi. Futbolchilarimiz masalani o'yinning o'zida hal qilish payida ekanligini sezish qiyin emasdi. Murabbiy Ravshan Haydarov ohirgi chora sifatida maydonga Bobur Abduxoliqovni tushirdi. Ikki hujumchi bilan o'ynash foyda bermagach 118-daqiqada Andrey Sidorovni Sidiqov bilan almashtirdi. Endilikda yarim himoyachilar to'pni yuqoridan faqat oldindagi uch hujumchiga uzata boshlashdi. Raqib himoyachilari esa to'pni qaytarish bilan ovora bo'lishdi. Ummonlik hakam Al Kafning hushtagi yangrashiga oz fursat qolganda chap burchakdan Doston Hamdamov to'pni to'g'ri jarima maydonchasiga uzatadi. To'pga birinchi bo'lib oyog'ini qo'ygan hujumchi gol kiritib yakunda qahramonga aylanadi. O'zbekiston - Osiyo chempioni!

Ravshan Haydarov Rustam Akramov, Dilshod Nuralievdan so'ng chempionlikni qo'lga kiritgan uchinchi murabbiy sanalardi. Garchi, ushbu musobaqa olimpiyada yo'llanmasini bermasada, muxlislarning o'zbek futboliga ishonchini biroz bo'lsada qaytaradi.


U-23 Osiyo chempionati. Final
27.01.2018. CHangzou, Xitoy.
Vetnam U-23 – O'zbekiston U-23 1:2
Gollar:
Nguen Kuang Xai 41 – Rustamjon Ashurmatov 8, Andrey Sidorov 119.
O'zbekiston U-23: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 5. Abbos Otaxonov (22.Bobur Abduxoliqov, 113), 20. Doston Tursunov, 6. Aziz G'aniev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Javohir Sidiqov (11. Andrey Sidorov, 118), 8. Jasur Yaxshiboev (16. Doniyor Narzullaev, 46), 17. Doston Hamdamov, 9. Zabihillo O'rinboev.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика