So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Qatar 4:0. Farhod Tojievning benefisi. Qosimov Inileev uchun revansh oldi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Qatar 4:0. Farhod Tojievning benefisi. Qosimov Inileev uchun revansh oldi

O'zbekiston terma jamoasi uchun Qatar juda tanish va begona bo'lmagan raqib hisoblanadi. Ular bilan tarixda turli musobaqalarda ko'p bor to'qnash kelganmiz.

Bugun tarixdagi Qatarga qarshi kechgan eng yorqin va yirik hisobdagi g'alabali o'yinni yodga olamiz. Gap JCH-2010 saralash bosqichidagi Toshkentda kechgan uchrashuv haqida ketmoqda. O'sha bosqichda terma jamoamizni ikki nafar murabbiy boshqargan. Rauf Inileev bilan boshlangan saralash turniri Mirjalol Qosimov bilan tugagan edi. Qatar bilan bahsga esa aynan Mirjalol Qosimov bosh murabbiy sifatida boshlab tushgan. Dohada kechgan bahsda Brunu Metsyu "brigadasi" 3:0 hisobida g'alabani tantana qilganini yodingizda bo'lsa kerak. Toshkentda kechgan javob o'yini mart oyining 28 sanasida o'tkazilgan bo'lib, shu kuni "Paxtakor" stadionida minglab ishqibozlar jamlagan edi, deya olamiz. Farhod Tojiev o'zining xet-trigi bilan muxlislarni xursand qilgan bo'lsa, yana bir golga Anvar Soliev mualliflik qilgan. 


JCH-2010 saralash bosqichi. 

O'zbekiston - Qatar 4:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 

Bosh hakam: Masud Moradi

Gollar: Farhod Tojiev 34, 45+2, 53, Anvar Soliev 62

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Hayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Sahob Jo'raev, Islom To'xtaxo'jaev (Stanislav Andreev), Server Jeparov (Timur Kapadze,46) Odil Ahmedov, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov, Maksim SHackix (Anvar Soliev, 56) Farhod Tojiev

Zaxiradagilar: Aziz Ibragimov, Ilhom Suyunov, Temur Jo'raev, Vitaliy Denisov

Yakuniy hal qiluvchi raundda biz bilan birga guruhda Avstraliya, Yaponiya, Baxrayn ham o'rin olgan, JARdagi mundialga esa Avstraliya va Yaponiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Terma jamoamiz esa 4 ochko bilan so'nggi o'rinni egallagan, qaysidir manoda inqiroz yuzaga kelgan davrlar. Biz yodga olgan o'yin esa o'sha saralashdagi vakillarimizning yagona g'alabasi va xursandchiligi sifatida hamon eslanadi. 

Fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика