So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 2:1 (to'liq tomosha qiling) Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 2:1 (to'liq tomosha qiling)

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasinig 2011 yilgi Osiyo kubogi birinchi turi doirasidagi Qatarga qarshi kechgan uchrashuvini sizlarga taqdim qilgandik.

Bugun esa mazkur musobqadagi 2-turiga to'xtalib o'tishni joiz deb bildik. Sababi terma jamoamiz azolarining turnir davomida namoyish qilgan o'yini barchaga manzur kelgandi. Xattoki, FIFAning o'sha vaqtdagi rahbari Jozef Blatter Qatar bilan o'yindan so'ng O'zbekistonni turnir favoritlari qatoriga kiritgandi.

Oldinda bizni kuchsiz bo'lmagan, o'z uslubiga va falsafasiga ega Kuvayt kutardi. Ushbu bahsda Vadim Abramov tarkibda ikkita o'zgarishga qo'l urdi. Qatar bilan bellashuvda asosiy tarkibga kiritilgan Sahob Jo'raev, Jasur Hasanov o'rniga Stanislav Andreev va Sanjar Tursunov maydonga tushdi. Bahsning ilk daqiqalaridan quvaytliklar to'p nazoratini qo'lga olishga, qanotlardan tezkor hujumlar tashkil qilishga intilishlari bekor ketdi. Futbolchilarimizdagi sarosima va bosim aksariyat hollarda to'p uzatishlardagi xatoni yuzaga keltirdi.

G'alaba terma jamoamizga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim qilardi. Bo'lim yakunlanishiga oz fursat qolganida raqib jarima maydonchasiga yaqin joyda Aleksandr Geynrix qo'pollik bilan to'xtatib qolinadi. Bosh hakam beligalgan nuqtaga Server Jeparov yaqinlashadi. Uning zarbasi esa Maksim SHackixga tegib darvoza to'ridan joy oladi. Etibor bersangiz bu erda Jeparov ajoyib hiyla ishlatganini sezasiz. Yani jonli devorda turgan Geynrix va SHackixga ikki barmog'i bilan qaychi uslubida belgi beradi. Uni sezgan ikki futbolchi zarba amalga oshirilgan zahoti ochiladi va to'p SHackixga tegib golga aylanadi. SHu tariqa jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'lim kutilganidek Quvaytning havfli hujumlari bilan boshlandi. Keskin tus olayotgan vaziyatlarni golga aylanishiga darvozabonimiz yo'l qo'ymadi. 48-daqiqa o'tib borayotgan paytda himoyachimiz Anzur Ismoilov quvaytliklar futbolchisini jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Holatga yaqin turgan bosh hakam Navaf SHukurulla Nesterov darvozasi tomon 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Penaltini Badir Al Mutva behato amalga oshirdi va muvozanatni tikladi.

Vadim Abramov burilish yasash maqsadida zahiradan Jasur Hasanov Maksim SHackix bilan almashtirdi. Hasanov qanotga, Geynrix esa markaziy hujumga o'tdi. Natijada hujumlar yanada shiddatli tus ola boshladi. Biroq, goldan darak bo'lgani yo'q. Vaqt poyoniga etib borayotgan sari jamoalar ochiq futbol ko'rsatishga kirishishdi. G'alaba Quvaytga guruhdan chiqish umid uchqunlarini paydo qilardi. 65-daqiqada Jasur Hasanov tezlik bilan oldinga yuguradi va markazda ochilib borayotgan Server Jeparovga to'pni oshiradi. Jamoa sardori kuchli zarb bilan g'alaba golini uradi. Olti ochko bilan guruhda peshqadamga aylangan terma jamoamiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


O'zbekiston – Kuvayt 2:1
12.01.2011. Doxa, “Al G'arafa” stadioni. 3481 tomoshabin
Bosh hakam:
Navaf SHukrulla (Bahrayn)
Gollar: Badir Al Mutva 49 - Maksim SHackix 40, Server Jeparov 65.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Stanislav Andreev, Viktor Karpenko, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov (Vagiz Galiulin, 90), Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 74), Maksim SHackix (Jasur Hasanov, 54).



Video             Bir o'yin tarixi. Qatar - O'zbekiston 0:2 (to'liq tomosha qiling)        

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика