So’nggi yangiliklar

19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  3 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  6 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  2 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  12 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  13 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  12 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  4 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  5 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  1 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  9 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  16 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  8

Bir o'yin tarixi. Osiyo kubogi-2007. SHackixning hisobga olinmagan goli, Bin Hammamning xati, hakamlar qurboni bo'lgan O'zbekiston Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Osiyo kubogi-2007. SHackixning hisobga olinmagan goli, Bin Hammamning xati, hakamlar qurboni bo'lgan O'zbekiston

O'zbekiston terma jamoasi 2004 yilgi Xitoyda o'tkazilgan qita kubogida ilk bor yarim final ostonasiga kelgandi.

2007 yil to'rt davlat mezbonlik qilgan galdagi Osiyo kubogida bunga yana bir bor juda yaqin kelgandik. Biroq, hakamlar qurboni bo'lgan terma jamoamiz afsuski, chorak finalda o'z ishtirokni yakunlashga majbur bo'lgan. Demak, bugun Yosir Al Qaxtoniy etakchiligidagi Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bellashuvgacha kechgan voqealar va chorak final tafsilotlari haqida to'xtalamiz.

Yuqorida aytganimizdek qita chempionati final raundi Indoneziya, Vetnam, Malayziya va Tailandda tashkillashtiriladi. Terma jamoamiz o'rin olgan guruh o'yinlariga Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qiladi. Eron bilan ilk tur uchrashuvida vakillarimiz birinchi bo'lib hisobni ochishlariga qaramasdan, yakunda g'alabani ushlab qolishni uddasidan chiqishmagandi. Darhaqiqat, terma jamoa sardori va etakchisi Maksim SHackix diskvalifikaciya tufayli startdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi va ikkinchi tur Malayziya bilan bahsga etib keladi. Hujumchi yuqori sport formasida ekanligi bilinib turardi. SHu boisdan jamoaga qo'shilib ketishi oson kechadi. Bu uchrashuvda termamizning g'alaba qozonishlari deyarli aniq edi. Murabbiy shunga yarasha tarkibda bir qator yoshlarga o'ynash imkoniyatini beradi.


Anzur Ismoilov, Aziz Ibragimov, Aziz Haydarov, Vitaliy Denisov va hokazo. Amalda terma jamoamiz yirik 5:0 hisobida ustun keladi. Aslida, yuqorida zikr etilgan futbolchilardan Anzur Ismoilov yakuniy tarkibga kiritilishi bir muncha qiyin kechgan. Himoyachi Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi bilan Germaniyadagi yig'inga yo'l olishi kerak bo'lgan. Ammo, milliy jamoaning Janubiy Koreyadagi yig'inida Asror Aliqulov boshidan jarohat olgach uning o'rniga Anzur tarkibga jalb etiladi. Uch ochko bilan qiyin ahvolda qolgan jamoamizni so'ngi turda faqat g'alaba qoniqtirardi.

Xitoy bilan bahsda ikkinchi bo'limda uchta gol urgan hamyurtlarimiz chorak final chiptasiga ega chiqishadi. Geynrix, Kapadze va SHackixning gollari bizga keyingi bosqich eshiklarini ochadi.

SHackixning inobatga olinmagan goli, orqa fonda ustoz fotograf Anvar Ilyosov



CHorak finalda esa Inileev shogirdlari 2006 yil Germaniyadagi mundial qatnashchisi Saudiya Arabistoniga ro'baro' keladi. Bilsangiz, o'sha vaqtlar bu yurt terma jamoasini mag'lubiyatga uchratish amri mahol edi. Ayniqsa, JCH-2006 saralashida raqib Toshkentdan durang qaytib, o'z maydonida istaganini qilgandi. Saudiyaliklarning yulduz futbolchisi Sami Al Jaberning: “O'zbeklar 70 daqiqadan keyin futbol o'ynamaydi” degan kinoyasiga uchragandik. SHuning uchun yarim final yo'llanmasi uchun kechadigan bahs biz uchun nihoyatda ahamiyati yuqori edi. Bir tomondan revansh olishning ayni payti kelgandi. Guruhda ikkinchi o'rinni egallaganimiz uchun delegaciyamiz Malayziyadan Indoneziya poytaxti Jakartaga ko'chadi. Federaciya rahbarlari chorak final yo'llanmasi qo'lga kiritilgani munosabati bilan jamoaga mukofot belgilashdan tashqari Rauf Inileevga maxsus kastyum sovg'a qilishadi. Lekin, murabbiy irim qiladimi eskisini kiyishni maqul ko'radi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq raqib futbolchisi Yosir Al Qahtoniy Nesterov darvozasiga gol urib terma jamoamiznig rejalarini buzib yuboradi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz har qancha urinmasin Qahtoniyga qarshilik ko'rsata olmagandi. O'yin tizginini qo'liga olgan jamoamiz azolari bosim va hujumlarni oshiradi. Ammo, birortasidan naf chiqmaydi. Ustiga ustak hakamlarning noholis qarorlari o'yinning borishiga salbiy tasir qiladi. Buning sabablaridan biri – singupurlik qanot hakami Tang YU-Muning o'ta qo'pol xatosidir. U o'yindan tashqari holatni belgilashda yaqqol adashib SHackixni toza goldan mahrum qilgandi.


Quyida ushbu hisobga olinmagan golni tomosha qiling.


 


Umuman shu kuni hakamlar bevosita arablar foydasiga ishlashadi. 75-daqiqada Al Muso gol urib tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltiradi. Pavel Salomin 82-daqiqada oradagi farqni qisqartirganiga qaramasdan baribir g'alaba Saudiya Arabistoni tomonida bo'ladi.

SHuni unutmasligimiz kerakki, milliy jamoamiz musobaqa davomida haqiqatdan ham chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Endilikda ishqibozlarda yuqori darajadagi jamoalarni yutishimizga ishonch paydo bo'la boshlagandi. OFKning o'sha vaqtdagi prezidenti Muhammad Bin Hammam o'yindan so'ng hakamlarning xatosi uchun uzr so'rab maktub yo'llagandi. Yil yakunida esa Rauf Inileev Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etiladi.


Osiyo kubogi – 2007. CHorak final.
22.07.2007. Jakarta “Gelora Bung Karno” stadioni.
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston – 2:1
Hakam
: Kvon CHjon CHul (Janubiy Koreya)
Gollar: Yosir Al Qahtoniy (3), Al Muso (75) – Pavel Salomin (82).
O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 2. Xayrulla Karimov, 4. Aziz Ibragimov, 17. Aleksey Nikolaev, 23. Vitaliy Denisov, 28. Anvar G'ofurov (15. Aleksandr Geynrix, 46), 7. Aziz Haydarov (9. Pavel Salomin, 78), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Viktor Karpenko, 57), 19. Islom Inomov, 16. Maksim SHackix.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика