So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  12 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Bir o'yin tarixi. "Liverpul" - "Milan" 3:3 yoxud "Istanbul mo'jizasi" Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Liverpul" - "Milan" 3:3 yoxud "Istanbul mo'jizasi"

2005 yilgi UEFA CHempionlar ligasi finali Turkiyaning Istanbul shahridagi "Otaturk" stadionida bo'lib o'tgan.

Hal qiluvchi bahsga Italiyaning "Milan" hamda Angliyaning "Liverpul" klublari etib kelishadi.

"Rossonerlar" ustozi Karlo Anchelotti final qaydnomasiga hujumchi Filippo Indzagi kiritmaydi. "Liverpul" bosh murabbiyi Rafael Benites esa asosiy tarkibga kutilmaganda Xarri Kyuellni kiritadi va Ditmar Xamann zaxirada qoldiriladi.

Uchrashuvda juda tezkor gol uriladi. Ilk soniyalardan oldinga o'tgan Kaka yiqitiladi, jarima to'pini Andrea Pirlo amalga oshiradi va tajribali himoyachi Paolo Maldini hisobni ochadi - 1:0.

Keyingi gol 39-daqiqada yana italiyaliklar tomonidan uriladi. Andrey SHevchenkoning uzatgan to'pini argentinalik Ernan Krespo darvozaga yo'llaydi - 2:0.

Birinchi taym so'nggida Krespo birga-bir vaziyatga chiqib boradi va to'pni Dudekning ustdan darvozaga tashlab qo'yadi - 3:0. "Liverpul" nokautga uchradi, deb o'ylagandi hamma...

Ikkinchi taym boshida "Istanbul mo'jizasi" ro'y beradi. "Liverpul" futbolchilari qandaydir 6 daqiqa ichida uchta gol urishadi! 54-daqiqada Stiven Jerrard chap qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan Dida qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'yadi - 3:1. Ikki daqiqa o'tgach Vladimir SHmicer uzoq masofadan ajoyib gol uradi - 3:2. 60-daqiqada Jennaro Gattuzo o'z jarima maydoni ichida Stiven Jerrardni yiqitgani uchun bosh hakam Manuel Mexuto Gonsales penalti belgilaydi. Xabi Alonso 11 metrli jarima to'pini amalga oshiradi, Dida to'pni qaytaradi, ammo qaytgan to'pni Alonsoning o'zi darvozaga yo'lladi - 3:3.

O'yindan keyin turli nashrlarda "Liverpul" ustozi Rafael Benites tanaffus vaqtida futbolchilarga hech qanday ko'rsatma bermagan, shunchaki kiyim almashtirish xonasi oynasini ochib qo'ygani yozilgandi. U erdan stadionga kelgan "Liverpul" muxlislarining "You'll Never Walk Alone" ("Sen hech qachon yolg'iz qolmaysan") qo'shig'i eshitilib turgan...

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida hisob o'zgarmaydi. G'olibni aniqlash uchun penaltilari seriyasiga murojaat qilinadi. Unda nimalar bo'lganini yaxshisi quyidagi videoda tomosha qiling:

"Milan" - "Liverpul" 3:3
25 may 2005 yil. Istanbul, "Otaturk" stadioni. 69000 tomoshabin.
Gollar:
Maldini 1, Krespo 39, 44 - Jerrard 54, SHmicer 56, Xabi Alonso 60.
Bosh hakam: Manuel Mexuto Gonsales (Ispaniya).

"Milan": Dida, Kafu, Yap Stam, Alessandro Nesta, Paolo Maldini, Andrea Pirlo, Jennaro Gattuzo (Ruy Koshta, 112), Klarens Zeedorf (Serjino, 86), Kaka, Andrey SHevchenko, Ernan Krespo (Yon Dal Tomasson, 85).
Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti (Italiya).

"Liverpul": Eje Dudek, Stiv Finnan (Ditmar Xamann, 46), Jeymi Karrager, Sami Xyupiya, Jimi Traore, Xabi Alonso, Luis Garsiya, Stiven Jerrard, Yon Arne Riise, Xarri Kyuell (Vladimir SHmicer, 23), Milan Barosh (Jibril Sisse, 85).
Bosh murabbiy: Rafael Benites (Ispaniya).

Ogohlantirishlar: Karrager 75, Barosh 81.





Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика