So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  17 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  18 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  19 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

Bir kunga etiborni oliy ligaga qaratamizmi? Yangiliklar

Bir kunga etiborni oliy ligaga qaratamizmi?

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionati kundan kunga qizg'in tus olmoqda.
Albatta, hozirda barcha muxlislarning etibori jahon chempionatiga qaratilgani bor gap. Lekin bu yoqda o'zimizning oliy liga borligini ham unutmaslik lozim. Aytgancha, bugun ichki chempionatimizda 12-tur bahslari bo'lib o'tadi. SHunday ekan, biz uchun oliy liga toki terma jamoamiz mundialga chiqmaguncha har qanday jahon chempionatidan muhim va etiborga molik bo'lib qolaveradi.

PFL taqvimiga ko'ra, 12-turdan o'rin olgan hamma bellashuvlar bugun bo'lib o'tadi. Turning markaziy uchrashuvlari sifatida “Neftchi” - “Lokomotiv”, “Buxoro” - “Dinamo” hamda “Nasaf” - “Mashal” o'yinlarini ko'rsatishimiz mumkin. Quyida har bir o'yinga doir o'z fikr-mulohazalarimizni bildirib o'tamiz.

“Neftchi” - “Lokomotiv”
O'tgan turda “Bunyodkor” bilan durang o'ynagan “Neftchi”ning kayfiyati joyida deya olamiz. Murod Ismoilov shogirdlari safarda durang o'ynagandan keyin uyda “Loko”ni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilishlari aniq. Lekin shu o'rinda “Lokomotiv”ning safarda ham yomon o'yin ko'rsatmayotganini aytib o'tish darkor. Bu jamoa safar bahslarida hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q. “Neftchi” esa o'z maydonida shu paytgacha besh o'yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida g'alaba qozondi.

“Buxoro” - “Dinamo”
Garchi “Dinamo” oxirgi oltita uchrashuvda faqat mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Buxorodagi o'yinni teng kuchli jamoalar bahsi desak bo'ladi. “Dinamo”ni qanday muammolar qiynayotganidan ko'p ham xabardor emasmiz. Lekin fakt shuki, bu jamoa ketma-ket oltita o'yinning hammasida yutqazdi. Qizig'i shundaki, “Buxoro” ham olti o'yindan beri g'oliblik nashidasini sura olmayapti. Faqat bu jamoa oltita uchrashuvdan uchtasida durang o'ynadi.

“Navbahor” - “Olmaliq”
Bu o'yin “Navbahor”ning yangi stadionida bo'lib o'tadi. Eshitishimizcha, koncert tufayli o'yinga kirish chiptalar narxi 100 ming so'mga chiqib ketibdi. Bundan tashqari, futbolni yoritadigan OAV xodimlariga ham chipta bilan o'yinga kirish majburlanayotgan ekan. Bu yaxshimas, albatta. CHunki jurnalist futbolni o'zining ko'ngilxushligi uchun emas, murabbiy, futbolchilar va muxlislar uchun yoritadi. Bevosita o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsak, oxirgi uch o'yindan beri faqat yutqazayotgan “Navbahor” uchun bu bahs nihoyatda muhim. Jamoa ketma-ket uchta bellashuvni safarda o'tkazdi va hammasida mag'lub bo'ldi. “Olmaliq”ning esa yo'qotadigan narsasi yo'q, jamoa chempionatda bir tekis ishtirok etmoqda. Faqat shunisi borki, Igor SHkvirin shogirdlari hali safarda g'alaba qozonishgani yo'q. SHunday ekan, “Olmaliq” ham g'alabani ko'zlab harakat qilishi aniq.

“Nasaf” - “Mashal”
Bir so'z bilan aytganda voha derbisi. “Mashal”ning bu yil safarda qayd etayotgan natijalari chakki emas. Muborakliklar shu kungacha oltita o'yinni safarda o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozonishdi va uch bor durang o'ynashdi. Jamoa hali mag'lub bo'lgani yo'q. Xo'sh, bu gal ham “Mashal” ushbu yoqimli ananasini davom ettira oladimi? Buni esa o'yin yakunida bilib olamiz. CHempionlik uchun kurash olib borayotgan “Nasaf”ning o'z uyida kuchli futbol namoyish etishi turgan gap. Qarshida beshta uchrashuv o'tkazgan Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uch bor g'alaba qozonib, ikki marta durang o'ynashdi.

“Metallurg” - “Qizilqum”
Yana bir teng kuchli jamoalar bahsi. Oxigi uchta o'yinni o'z maydonida o'tkazgan “Qizilqum” ikki bor durang qayd etdi va bir marta g'alaba qozondi. Mana endi jamoa navbatdagi bahsini safarda o'tkazadi. “Metallurg”ga kelsak, bu jamoa Bekobodda o'tkazilgan oxirgi to'rt o'yinning hammasida zafar quchdi. Bundan ko'rinib turibdiki, “Metallurg” o'zida kuchli o'yin namoyish etyapti. Ammo “Qizilqum” ham anoyilardan emasligini unutmaylik.

“So'g'diyona” - “Paxtakor”
CHempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” Jizzaxda chempionat autsayderi “So'g'diyona” mehmoni bo'ladi. Albatta, bu uchrashuvda favorit “Paxtakor”, lekin “So'g'diyona” ham oxirgi o'yinlarda oxirigacha kurashmoqda. Bu jamoada mahoratli ijrochilar yo'q, lekin jamoa tezkor futbol namoyish etishni xush ko'radi. SHundan kelib chiqib “So'g'diyona”ning “Paxtakor”ga jiddiy qarshilik ko'rsatishini kutish qiyin emas. “Paxtakor” garchi safarda o'ynasa-da, doimgidek uch ochko uchun harakat qiladi. “Paxtakor” oxirgi beshta o'yindan ikkitasida g'alaba qozondi. Demak, toshkentliklar bu ko'rsatkichni yaxshilashga urinib ko'rishadi.

“Bunyodkor” - “Andijon”
Yana bir favorit va autsayder o'rtasidagi bahs. “Bunyodkor” o'z maydonida oliy ligani tark etishi kutilayotgan “Andijon”ni qabul qiladi. 7-turda g'alaba qozongan “Andijon” shundan beri ketma-ket to'rt uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Jamoa hatto o'z maydonida “So'g'diyona”ga yutqazib qo'ydi. Mana endi “Andijon” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo'ladi. Oliy liganing amaldagi chempioni yangi bosh murabbiy boshchiligida boshqacha o'yin ko'rsatishga harakat qilmoqda. “Neftchi” va “Olmaliq” bilan kechgan bahslarda “Bunyodkor” so'nggi daqiqalarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Bugun “Andijon” bilan nima ro'y berishini esa “Jar” stadionidagi o'yinda bilib olamiz.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика