So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

“Bir futbolchi tarixi”. Qimmat mashinalarga xohishi bo'lmagan italiyalik Federiko Keza haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Qimmat mashinalarga xohishi bo'lmagan italiyalik Federiko Keza haqida

UEFA Evropa CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tgan “Portu” – “Yuventus” (birinchi o'yindagi natija – 2:1) uchrashuvida meni portugaliyaliklarning ishtiyoqi, ular ko'rsatgan o'yindan ko'ra turinliklarni javob goli muallifi ko'proq qiziqtirib qo'ydi.

Men uni “Fiorentina”da o'ynab yurgan kezlarida ko'rgan edim. Kompyuter o'yinlarida negadir shu futbolchini olib o'ynardim, ko'zimga issiq ko'rinib qolgan, ochig'i. CHorshanba kungi o'yinidan so'ng esa u haqida so'z yuritishga qaror qildim. Tanishing – Federiko Keza, italiyalik yarim himoyachi. 


Federiko Keza – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1997 yilning 25 oktyabr kuni Italiyaning Genuya shahrida tug'ilgan. U yoshlik chog'ini, futboldagi dastlabki bilimlarini Florensiyaning shimoli-sharqida joylashgan Settignanese shahrida oldi. Unga dastlab Kurt Hamrin murabbiylik qildi. Uning otasi Enriko – professional futbolchi bo'lgan. U Italiyaning bir qator jamoalarida faoliyat olib borgan. Futbolchining yoshlik chog'i bilan bog'liq bir kichik jarayon bor:


Bolakay taxminan uch yoshlarda edi. U atrofdagilarga umuman etibor bermay yugurib keldi va telekameralardan tortinib o'tirmay, otasi Enrikoning qo'liga sakrab chiqib oldi.

— "Fiorentina" Batistutaning o'rniga kimni oladi?

— Toldo!

— Lekin Toldo shundoq ham jamoada-ku, bizga hujumchi kerak. Kim gol uradi?

— Men!

Federiko otasida haqida shunday degan edi: “Otam menga juda ko'p maslahat beradi. U yoki bu vaziyatda o'zini qanday tutish, raqiblar va hakamni hurmat qilish borasida gapiradi, ammo qanday o'ynashni o'rgatmaydi. Bu murabbiyning ishi”. SHuningdek, otasi ham o'zi va o'g'li bilan bo'lgan bir jarayon haqida: “Yaqinda Federiko bilan shahar ko'chalari bo'ylab aylanib yurgandik, ishqibozlarning bir guruhi yonimizga yugurib keldida, undan dastxat. Keyin menga qarashdi. Siz uning dadasimisiz? Siz ham imzo qo'yib bering” – deb eslagan edi. 


Klublardagi faoliyati haqida

Keza 2007 yilda “Fiorentina” jamoasi azosiga aylandi. Jamoaning akademiyasidan faoliyatini boshlab, 2016 yilgacha yoshlar jamoasida to'p surdi. 2014/15 yillarda U-19 jamoasida o'ynab yurdi, 2016 yilning fevral oyida esa “Fiorentina” bilan o'zining dastlabki shartnomasiga imzo chekdi. 

Jamoadagi debyutini “Yuventus”ga qarshi bo'lib o'tgan A Seriyaning safar o'yinida nishonladi. A Seriyadagi birinchi golini esa “Kievo” jamoasiga urgan. O'sha bahsda “Fiorentina” 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Oradan 8 kun o'tgach esa “Jenoa” bilan bo'lgan bahsda “Fiorentina” safidagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. Evropa ligasidagi dastlabki golini esa 2016 yilning dekabrida “Karabax” jamoasiga uradi. 

Futbolchi yildan-yilga o'sib bordi. Unga ancha avvalroqdan turli jamoalar shartnoma taklif qila boshlashdi. Ayniqsa, 2018/19 yilgi mavsumda bo'lib o'tgan Italiya Kubogining chorak final o'yinida “Roma” bilan bo'lgan bahsda Keza xet-trik qayd etganidan so'ng uning xaridorlari ko'paydi.  

Futbolchi o'z intervyularining birida quyidagi so'zlarini aytgan edi: “Meni tatuirovkalarim yo'q, bo'lmasa ham kerak – hozir deyarli hamma faqat tashqi ko'rinishi, imidji bilan ovvora bo'lib qolgani yoqmaydi. Menga qimmat mashinalar kerak emas, Porsche Cayenne rulida meni ko'rmasligingiz aniq. Faoliyatim davomida biror narsaga erishdimmi? Albatta yo'q. Otam aytadilarki, A Seriya futbolchisi nomiga sazovor bo'lish uchun kamida 300 ta o'yin o'tkazish zarur”. Futbolchining qanchalik kamtarligini shu so'zlaridan ham bilib olish mumkin.

2020 yilning 5 oktyabr kuni Keza “Yuventus” futbolchiga aylandi. Klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Jamoaga kelganidan 12 kun o'tib, 17 oktyabr kuni “Yuventus” safida debyut qildi. “Krotone”ga qarshi bahsda Alvaro Morataga golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, qo'shimchasiga qizil kartochka ham ishlab oldi. ECHL doirasidagi debyut o'yinini “Dinamo Kiev”ga qarshi o'tkazdi. Dastlabki golini esa aynan ushbu jamoa bilan uy o'yinida urdi. Italiya A Seriyasidagi ilk golini 16 dekabr kuni “Atalanta”ga qarshi o'yinda urdi. “Milan” bilan bo'lib o'tgan o'yinda dubl muallifi bo'ldi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Keza 2015 yilda Italiyaning U-19 jamoasiga chaqiruv oldi. 2016 yilda esa Italiya U-20 safiga ham jalb etildi. 2017 yilning iyun oyida 21 yoshgacha bo'lgan Evropa chempionatida Italiya U-21 termasi bilan birgalikda ishtirok etdi. Italiya milliy terma jamoasiga birinchi rasmiy chaqiruvni 2018 yilning mart oyida oldi. Argentina termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida esa milliy termadagi debyut o'yinini o'tkazdi. 2019 yilda Italiyada o'tkazilgan U-21 Evropa chempionatida ham ishtirok etdi va guruh bosqichining o'zida 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 


SHaxsiy hayoti

Kezaning sevgilisi – Benedetta Kuagli. Federiko o'zining Instagram sahifasiga juftlikning birga tushgan suratlarini joylab turadi. 



“Darslar ingliz tilida o'tilar va tizim ham italyan maktablaridan farq qiladi. Men nisbatan open-mind bo'ldim. Menga malum fanlar yoqadi, sayyoramiz qanday tuzilganiga qiziqaman. Menimcha, futbolchi bo'lmaganimda, fizik bo'lib ketardim” – degan edi Keza o'z intervyularining birida. 

U o'zining o'yinini, nimalarga qodir ekanligini “Fiorentina”da maksimal darajada ko'rsatgan desak xato bo'lmaydi. Futbolchi Turin klubida o'z o'rnini topib bormoqda. “Portu”ga qarshi o'yinda ham o'zini ko'rsata bildi. Andre Pirlo yoki Alessandro Del Perodan keyingi etakchi bo'lar bu ketishda, nima dedingiz?!


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика