So’nggi yangiliklar

00:11Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  0 00:01"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:54Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  0 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

“Bir futbolchi tarixi”. Messining butsalarini do'stiga berib yuborgan Markus Tyuram haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Messining butsalarini do'stiga berib yuborgan Markus Tyuram haqida

Turli kasblarda o'g'il otasining kasbini tanlagan holatlarni ko'rganmiz, bilamiz.

Futbolda esa ko'p hollatda bunga duch kelmaymiz. Zinedin Zidanning o'g'li Luka Zidan darvozabon masalan. 

2000 yillarning boshlarida futbolga qiziqqan muxlislar Lilian Tyuramni yaxshi tanishadi. Markaziy himoyachilar orasida o'z davrining eng yaxshilaridan biri. Tyuram o'z vaqtida TOP darajadagi himoyachi bo'lgan. Uning o'g'li ham futbolchi. Bugun biz “Borussiya Myonxengladbax” safida harakat qilayotgan iqtidor bilan tanishamiz. “Otam va ukam Kefren bilan faqat futbol haqida so'zlashaman. Bu bizni birlashtiradi. Balki bu kasbni otam va uning unutilmas faoliyati sababli tanlagandirmiz. Masalan, shifokorlar oilasidagi bolalarda tibbiyotga oid ko'nikma paydo bo'ladi va ular keyinchalik ota-onalarining kasbini tanlashga intiladilar. Sportda ham xuddi shunday holat yuz beradi. Ko'plab narsalar men va Kefren uchun sir bo'lmay qolgandi. SHu sababli, boshqalarga nisbatan biz uchun bu borada oson bo'lgandi. Otam futbol o'ynaganligi va shu sohada muvaffaqiyatga erishganligi tufayli futbolchi bo'ldim, deya olaman (kuladi)” – deydi qahramonimiz o'z intervyularidan birida.


Markus Tyuram – kim o'zi u?

Yosh futbolchi ayni vaqt Franciya terma jamoasi azosi bo'lsa-da, aslida Italiyaning Redjo-nel-Emiliya shahrida tug'ilgan. 1997 yilning 6 avgustida tug'ilgan futbolchi “Olimpik” va “Bulon” bolalar jamoasida futbol o'ynashni boshladi. 2012 yildan boshlab “Sosho” jamoasining yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. 


Klublardagi faoliyati haqida

2015 yilda “Sosho”ning asosiy jamoasida debyut qildi. Futbolchi klubda 2 yil harakat qildi va jami 43 ta o'yinda 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

2017 yilnining iyul oyida esa futbolchi “Gengam” safiga ko'chib o'tdi. Bu transfer summasi ochiqlanmagan.  Ushbu jamoada ham “Sosho”dagi kabi 2 yil harakat qildi va 72 uchrashuvni o'tkazdi. 17 gol muallifiga aylangan Tyuram yana klubini o'zgartiradigan bo'ldi. 

2 yil o'tgach, 2019 yilning iyulida esa Markus Tyuram 12 million evro evaziga “Borussiya Myonxengladbax ”ga ko'chib o'tdi. Jamoa futbolchi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Ushbu jamoaga qanday o'tgani, bu variant qay tarzda yuzaga kelgani haqida so'rashganida: “Ushbu klub vakillari bilan gaplashganimdan so'ng “Borussiya”ning o'yin uslubi borasidagi fikrlarimiz hamohang ekanligiga amin bo'ldim. Biz tezda til topishdik, menga jamoa ustozi Marko Rozening g'oyalari yoqdi. U meni qaysi chiziqda ko'rishni istayotganligini aytdi. SHu bois, qaysi klub tarkibiga yo'l olayotganligim, qanday o'ynashim lozimligini juda yaxshi bilardim” – deb javob bergan edi.

Bundesligadi ilk bor “Fortuna Dyusseldorf”ga qarshi o'yinda gol kiritdi. Futbolchi ECHLdagi debyut o'yinini 2020 yilning 21 oktyabr kuni o'tkazdi va penaltidan gol urib jamoasining 1 ochko olishiga yordam berdi. “Real Madrid” bilan bo'lgan o'yinda esa dubl muallifi bo'ldi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Markus Franciyaning yoshlar jamoasida harakat qila boshladi. Terma jamoa bilan ikki bor Evropa chempionatida ishtirok etdi. 2015 yilgi chempionatdan farqli ravishda 2016 yilgi Evropa chempionatida o'z yosh toifasida chempion bo'ldi. 


Bolalarga xos harakter?

Markus Tyuramning jamoadoshi Rami Bansebayni qahramonimizning yosh bolalarga xos harakteri borligini takidlagan. Tyuramning o'zi esa bu haqda shunday deydi: “Uning nima uchun bunday deganligini bilaman. Navbatdagi o'yinda maydonga tushib, mag'lubiyatga uchrasak, jahlim chiqadi. Nafaqat maydon, balki uning tashqarisida ham ancha hissiyotga beriluvchanman (kuladi). O'yin yakunlaganidan keyin fikrimni jamlab, nima uchun yomon o'ynaganligimni muhokama qilaman. SHundagina o'zimni yaxshi sezishim mumkin”. 


Messining butsalari

Argentinalik Lionel Messi Tyuramga o'z butsalarini sovg'a qilgan. Markusning o'zi bu haqida: “Bir kuni Messi menga o'z butsalarini sovg'a qilgan. Otam kataloniyaliklar tarkibida to'p surganida, jamoaning boshqa futbolchilari singari Messini ham har kuni ko'rganman. O'shanda ular men uchun otamning jamoadoshi sifatidagi oddiy odamlar edi. Lilian Tyuram qanday buyuk futbolchilar bilan o'ynaganligini bilganimda, ularning butsalari kollekciyasini yig'ib, ko'zga ko'rinarli joyda saqlagan bo'lardim (kuladi). Bir sinfdoshim Messi menga butsalarini sovg'a qilganini eshitgach, ularni sovg'a qilishimni so'rayverib, jonga tegib ketdi va axiyri, bezor bo'lib, unga o'sha butsalarni berdim. Messining ayni payt futbol olamida qanday obro'ga ega ekanligini juda yaxshi bilaman va hozir o'sha butsalarni maktabdosh do'stimga bermagan bo'lardim. Ammo bolaligingda bularni tushunishga aqling etmas ekan” – deya xotirlaydi.


Raqibining yuziga tupurish

Markus Tyuram Germaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan “Hoffenhaym”ga (1:2) qarshi o'yinda raqib futbolchisi Stefan Poshning yuziga tupurgan edi. Futbolchi ushbu harakati uchun maydondan chetlatildi va kamchilikda qolgan “Borussiya” so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, mag'lub bo'ldi. “Bugun mening fel-atvorimga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan va hech qachon bo'lmasligi kerak bo'lgan holat yuz berdi. Raqibimning harakatlariga noto'g'ri munosabat bildirdim. Bu qasddan emas, tasodifan sodir bo'ldi. Barchadan kechirim so'rayman: Stefan Posh, raqib o'yinchilari, jamoadoshlarim, oila azolarim va ushbu voqeaga guvoh bo'lgan har kimdan. Albatta, o'z harakatlarimning har qanday oqibatlarini qabul qilaman” – deya fikr bildirgan edi o'yindan so'ng.

Futbolchilar tarixini o'qib o'rganish qiziq. Bugun mashhur futbolchining o'g'li haqida nimalarnidir bilib oldingiz. Afsonaviy futbolchining o'zi bilan ham tanishamiz biror kun. Zero, yangi avlod vakillari uchun yangilik, katta avlod futbol muxlislariga esa nostalgia bo'ladi. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика