So’nggi yangiliklar

01:28ЖЧ-2026 саралаши. Австралия 90+6да мағлубиятдан қутулиб қолди, Қувайт ва Иордания ўзаро дуранг ўйнади  2 00:45Миллатлар лигаси доирасида тўққизта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 00:20"Манчестер Сити" январда Гвардиоланинг клубдаги келажаги бўйича қарор қабул қилишини кутмодқа  0 23:53Ўртоқлик ўйини. Россия Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди  4 23:22"Реал" 21 ёшли ҳимоячи учун 90 млн евро сарфлаши мумкин  2 22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  193 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  5 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  20 21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  11 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  23 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  148 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  59 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  13

"Bir futbolchi tarixi". Gollarni chap oyoqda uradigan, penaltini o'ng oyoqda tepadigan Meyson Grinvud haqida Yangiliklar

"Bir futbolchi tarixi". Gollarni chap oyoqda uradigan, penaltini o'ng oyoqda tepadigan Meyson Grinvud haqida

Xabaringiz bormi yo'qmi, bilmadik, lekin yaqin orada chiqqan bir xabar barchani ajablantirdi.

SHundoq ham ishlari yurishmayotgan “Manchester Yunayted”ning asosiy futbolchilaridan biri Meyson Grinvud o'z o'yini bilan barchani qanchalik lol qoldirgan bo'lsa, xarakater jihatdan shunchalik xayratga sola boshladi ommani. Hozirda u ingliz nashrlari tomonidan eng ko'p qoralanayotgan futbolchi bo'lib turibdi. Uni yosh bo'la turib tartib intizomga bo'ysunmasligi, mashg'ulotlarga kechikishi, terma jamoa yig'inida Fil Foden bilan mehmonxonada ziyofat tashkil etgani etmagandek, endi Grinvud bir ayolni zo'rlashda, unga kuch ishlatishda ayblanmoqda ekan. "Manchester Yunayted" murabbiylari uni tarbiyalash maqsadida qaydnomaga kiritmay qo'yishgandi. Xo'sh, o'zi Meyson qanday inson va hozirgi darajasiga qanday etgan edi? Bugun bredforlik futbolchi haqida gaplashamiz.

Meyson Grinvud – kim o'zi u?


Meyson Uill Jon Grinvud XXI asrning dastlabki yili, 2001 yil 1 oktyabrda Angliyaning Bredford shahrida tug'ilgan. Yoshlikdan futbolga qiziqishi uyg'ongan iqtidor egasi hozirgi jamoasi bo'lgan "Manchester Yunayted" akademiyasining bitiruvchisi. Dastlab millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgana boshlaganida Grinvud markaziy hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynay boshladi, ammo keyinchalik forvardlik vazifani yaxshi uddalay oldi hamda shu joyda qoldi. MYUning bolalar jamoasi safida ustozi Imon Malvi unga ko'p ko'maklashgan. Intervyularining birida uni eslagandi va “8, 9 va 10 yoshgacha bo'lganlar jamoasida o'ynaganimda, u biz bilan birga safar uchrashuvlariga borardi. Har doim yordamlashib, nima qilishim kerakligini o'rgatardi. U meni sinovdan o'tkazardi” – deya xotirlagan. Ilk o'yinini 6 yoshda o'tkazgan va Grinvud "Galifaks" jamoasi safida 16ta gol urgan. Jamoa ayni o'sha bahsda 16:1 hisobida g'alaba qozongan.



Klubdagi faoliyati haqida


2017/18 yilgi mavsumni Grinvud “Manchester Yunayted”ning 18 yoshgacha bo'lgan tarkibida o'tkazdi hamda 17 uchrashuvda 17 ta gol urdi. 2018 yil yoz fasli. Manchesterliklarning asosiy jamoasi o'z yig'inini AQSHda o'tkazadigan bo'ldi va ayni o'sha vaqtda Grinvud asosiy tarkib bilan mavsumoldi safarga yo'l oldi. O'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilganda “Amerika” va “San-Xose Ertkveys” jamoalariga qarshi o'inda maydonga tushdi.

17 yoshga to'lganining ertasi kuni u "Manchester Yunayted" bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Ayni o'sha oktyabr oyida Meyson Guardian gazetasi talqiniga ko'ra "Angliya Premer ligasining 20 nafar eng yaxshi istedodi" ro'yxatiga kiritildi. Dastlab u ancha vaqt qaydonmaga ham kiritlmay yurdi, lekin malum vaqt o'tgach ECHL doirasida “Valensiya”ga qarshi o'tkazilgan o'yinda zaxira o'rindig'idan turib bahsni kuzatdi. Eng qizig'i esa MYUning asosiy tarkibidagi dastlabki o'yinini ham ECHL doirasida o'tkazdi. 2019 yil mart oyining oltinchi sanasida PSJ ga qarshi o'yinda Eshli Yang o'rnini egalladi hamda o'sha bahsda ishtiroki bilan “Manchester Yunayted”ning ECHLda maydonga tushgan eng yosh futbolchisiga aylandi (17 yosh 156 kun). Bundan avvalgi rekord esa Jerar Pikega tegishli bo'lgan Jerar Pike (17 yosh 310 kun). Keyinchalik Grinvudning o'zi ushbu o'yin haqida eslaganda quyiga so'zlarni aytgan edi: “Hammasi alo! Qiyin vaziyatda g'alabaga erishdik. Debyutim akademiyamizdagilar ishining o'ziga xos ramziga aylandi. Qoyilmaqom hissiyotlarni boshdan kechirdim”.

2019 yil 19 sentyabrda Meyson "Manchester Yunayted" tarkibida Evropa Ligasida "Astana"ga qarshi o'yinda birinchi golini urdi va jamoasining evrokuboklarda to'p kiritgan eng yosh futbolchisiga aylandi. 2016 yilda Markus Rashford tomonidan o'rnatilgan rekord yangilangan edi. 2019 yil 18 oktyabrda esa jamoa bilan yangi shartnoma imzolandi, muddat 2023 yilgacha. O'sha chog'da u bilan intervyuda yangi shartnoma haqida berilgan savolga “7 yoshimdan buyon shu klubdaman. Barcha bosqichlarni bosib o'tdim: 14, 15, 16 va 23 yoshgacha bo'lganlar jamoasida o'ynab, nihoyat, asosiy jamoa safiga qo'shildim. Kattalar futbolida kelishuvga erishish o'zgacha hissiyotlarni bag'ishlaydi. Anchadan buyon shu erdaman va bu tinimsiz mehnatlarim uchun sovg'adir” – degan javobni bergan edi. Uning agenti – otasi. SHu bois Grinvud boshqa agentlar xizmatini rad etgan. Aynan otasi 2018 yilda o'g'lining birinchi professional shartnoma tuzishiga, o'tgan yil yozida klub bilan yangi 4 yillik bitim imzolashiga va Nike bilan shartnoma shartlarini yaxshilashga erishgandi.



Premer-ligadagi birinchi golini 2019 yil 24 noyabrda "SHeffild Yunayted"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib darvozaga kiritishga erishdi. O'tgan mavsum Evropa ligasida va Premer-ligada ham o'z dublini rasmiylashtirgan Meyson uchun 2019/20 yilgi mavsum ajoyib o'tdi desa bo'ladi. 49 uchrashuv o'tkazib va 17ta gol urishgan muvaffaq bo'ldi. Ole Gunnar Sulsher Grinvud endi-endi tarkibga kirgan chog'da unga maslahatnamo gap aytgandi: “Meyson men ko'rgan hujumni yakunlovchilar orasida eng yaxshilaridan biri. Men etarlicha yuqori darajadagi futbolchilar bilan o'ynaganman. Meyson mendan zo'r, bu aniq. U shunchaki tinmay ishlashi kerak, oldinda ko'p yillar bor. Har doim oldinda turgan o'yin eng muhimi”. Keyinroq Sulsherning ishonchi to'g'risida Grinvudning o'zi “Ha, nimalarga qodirligimni hammaga ko'rsatmoqchiman: ham o'yinlar, ham mashg'ulotlarda. Jamoa uchun qo'limdan kelgan barchasini qilaman” – degan fikrni aytgan.

“Manchester Yunayted” bu mavsum Evropa chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Grinvud esa bu musobaqada ham gol urishga erishdi. 28 oktyabr kuni “Leypcig” jamoasi bilan o'yinda to'p kiritdi. 2020 yilda “Golden boy” sovriniga davogarlar ro'yxatidan ham joy oldi.



Terma jamoadagi faoliyati haqida


16 yoshida Angliyaning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga chaqiruv oldi va 2017 yilning 8-noyabr kuni Portugaliya U-17 terma jamoasiga qarshi debyut uchrashuvini o'tkazdi. 2017 yil 11noyabrda u Rossiya terma jamoasiga qarshi o'yinda esa milliy terma jamoadagi birinchi golini urdi. 2018 yil fevral oyida futbolchi Angliyaning U-17 termasi safida Algarvida o'tkazilgan turnirda ishtirok etdi. SHu bilan bir qatorda keyingi yillarda Grinvud Angliyaning U-18, U-21 terma safida ham o'ynadi. Angliyaning asosiy termasi safiga esa ayni shu yil chaqiruv oldi hamda 5 sentyabrda UEFA Millatlar Ligasida Islandiyaga qarshi o'yinda debyutini nishonladi. O'sha o'yin nafaqat Grinvud balki Manchester shahrining boshqa bir klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden uchun ham dastlabkisi edi. Islandiya termasiga qarshi o'yindan keyin ikki futbolchi karantin qoidalarini buzishdi. Aniqrog'i, ular mazkur uchrashuvdan keyin mehmonxonaga engiltabiat qizlarni taklif etishgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgandi. Dushanba kuni esa Grinvud va Foden terma jamoa lageridan haydaldi. O'sha voqeadan so'ng “Voqeadan o'zimga xulosa chiqardim va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'ramoqchiman. Garet Sautgeytdan kechirim so'rayman, u menga bildirgan ishonchini oqlay olmadim. Bu mening aybim. Oilam va muxlislarga bu vaziyatdan saboq olaman deb vada beraman” – degan edi Grinvud.



Faoliyatiga doir qiziq fakt:

Meyson Grinvud – chapaqay. Gollarining ko'pini chap oyog'ida urgan, zarbalarni ham asosan shu oyog'dan foydalanadi. Etibor bergan bo'lsangiz Meyson penaltini o'ng oyog'ida tepadi va bu ajablanarli. O'zidan bu haqida so'rashganida qiziq hikoyani aytib bergandi. “Hammasi U-13 jamoasida o'ynagan paytimda boshlangan. "Manchester Siti"ga qarshi kechgan bahsda to'pni chap oyoqda tepib, mo'ljalda adashganman, o'sha o'yinni yomon o'tkazganman. SHundan buyon penaltini o'ng oyoqda ijro etaman”.




Faoliyati haqida o'qidingiz, malumotlar oldingiz, u haqidagi mutaxassislar fikrini bildingiz. Ammo hozirgi kundagi maqola avvalida keltirgan muammolar uning faoliyatiga salbiy tasir qilishi mumkin. “Yulduzlik kasali” haqida ko'p gapiriladi, Meyson ham shu kasallikka chalinganlarning biri bo'lib qolmaslik niyatidamiz, agar harakter ko'rsatmasdan, o'z o'yinini maydonda alo bajarib qo'ysa TOP darajaga erisha oladi. “Golden boy” sovrini uchun ham ro'yxatga kiritilgani haqida yozdik, olish olmasligi hozir muhim emas, lekin ishlari joyiga tushib ketsa “Oltin to'p” ham bor oldinda, o'zi Messi & Ronaldudan keyin yana yangi yosh yulduzlar chiqib mazkur sovrinni olishlari haqida o'ylab qolgan edi kishi…


Og'abek Samisov tayyorladi


“Bir futbolchi tarixi”. Diogu Jota – kim o'zi u?         

"Bir futbolchi tarixi". Moratani "o'ldirgan" Federiko Valverde haqida        

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика