So’nggi yangiliklar

23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  6 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0 22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  2 21:51Анвар Бердиев: “Биринчи бўлимда қийинчиликларга дуч келдик”  1 21:14Мбаппе тўланмаган маош масаласида ПСЖ билан судгача келишиб олишни истамади   5 20:45Хосе Венансио Лопес жароҳатлар ҳақида: "Бу шунчаки омадсизлик"  2 20:29Терма жамоа собиқ футзалчиси Абдулла Солиҳов: "Етакчи футзалчиларнинг йўқлиги жамоа ўйинига ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди"  0 19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  1 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  3 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  2 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  2 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  8

“Bir futbolchi tarixi”. Aylanib aylanib qozig'ini topgan “hindu” – Yannik Ferreyra Karrasko haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Aylanib aylanib qozig'ini topgan “hindu” – Yannik Ferreyra Karrasko haqida

Ispaniya chempionatini kuzata turib “Atletiko Madrid”ning stabil tarzda o'ynayotgan etiborimni tortadi.

La Liga prevyusini yozayotganimda ham ko'pincha shu jihatni takidlab o'tib ketaman. Ushbu jamoaning futbolchilariga nazar solib jamoa biroz yosharganini, taktika esa o'sha-o'shaligini sezaman. Aslida, murabbiyning bir necha yillar davomida jamoadaligi shu joyda katta ro'l o'ynaydi. Bugun “Atletiko”ning bir futbolchisi haqida yozishga qaror qildim. Ko'pchilik muxlislar uchun biroz notanish bo'lishi mumkin, biroq o'zining texnikasi va o'yinlari bilan ko'pchilikning nazariga tusha olgan. 

2016 yilgi ECHL finalini akam jonli efirda, men esa akam uchrashuvni kompyuterga yozib olib kelganida ko'rganman (SportTV u vaqtlarda ECHLni ko'rsatmay qo'ygan edi, FutbolTV yo'q edi. Televizorimiz UzReportTVni ko'rsatmas, akam ham rus kanalida ko'rgan, bir do'stinikida). O'sha finaldagi jamoalar – “Real Madrid” va “Atletiko Madrid” bir-biriga munosib raqib edi. O'yinning asosiy vaqti 1:1 bilan yakunlangan uchrashuvda g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlangan. “Real Madrid” safidan Serxio Ramos to'p kiritgan edi, “Atletiko”dan javob golini bizning bugungi qahramonimiz kiritgan. Bu – Yannik Ferreyra Karrasko.


Yannik Ferreyra Karrasko – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1993 yilning 4 sentyabr kuni Belgiyaning Iksel shaharchasida dunyoga kelgan. Otasining millati portugal, onasiki esa ispan. Kelib chiqishi sabali Karrasko Portugaliya yoki Ispaniya terma jamoalarida o'ynash imkoniyatiga ega edi. Biroq yoshligidan Belgiyada katta bo'lgani uchun u aynan ushbu mamlakat sharafini himoya qilishni tanladi. Dastlab futbolchi Belgiyaning “Beersxot” jamoasida futbol bo'yicha tahsil oldi. Keyinchalik “Digem Sport” havaskorlar jamoasida o'ynab 16 yoshida “Genk”ga ko'chib o'tdi. Malum vaqt o'tgach Karraso “Monako” safiga borib qo'shildi. 


Klublardagi faoliyati haqida

Karrasko o'z faoliyatini “Monako”da boshladi. Jamoadagi faoliyati davomida 105 o'yinda 20 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab jamoa bilan birgalikda Liga 2 ni yutdi va Liga 1 ga yo'l oldi. Liga 1 dagi ilk mavsumda esa “Monako” 2-o'rinni egalladi. Futbolchi jamoda 2012/13 yilgi mavsumda asosiy tarkibda debyut qildi. Bir oy o'tgach “Tur”ga qarshi o'yinda dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

2015 yilning 7 iyul kuni futbolchi “Atletiko Madrid” safiga ko'chib o'tdi. Transfer narxi 20 million evroni tashkil qilgan. “Atletiko” dagi birinchi kunlar men uchun omadli keldi. Men allaqachon yangi jamoadoshlarim bilan mashg'ulot o'tkazganman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashaman” – degan edi jamoaga ilk kelgan kunlarida. “Atletiko”ning sobiq yarim himoyachisi Paulu Futre shunday degan edi Karrasko haqida: “MYU” Pol Pogba uchun 100 mln. evro sarflaganini inobatga olsak, uning uchun ikki baravar ko'proq sarflashlariga to'g'ri keladi”. 

Karraskoning debyuti 2015 yilning 30 avgust kuni “Sevilya”ga qarshi o'yinda bo'ldi. Dastlabki golini esa 18 oktyabr kuni “Real Sosedad” bilan bo'lib o'tgan o'yinda urdi. 2015/16 yilgi mavsumning oxirrog'ida jamoasi bilan ECHL finalida o'ynagan futbolchi o'z goli bilan CHempionlar ligasida gol urgan birinchi belgiyalik bo'ldi. Keyingi mavsum ham jamoada yaxshi o'yin ko'rsata oldi, biroq jarohatlar uning muvaffaqiyatli yo'liga to'siq bo'laverardi. 

2018 yilning 26 fevral kuni o'z jamoadoshi Gaytan bilan birgalikda Xitoyning “Dalyan Ifan” jamoasiga ko'chib o'tdi. Transfer summasi esa 30 million evroni tashkil qilgan. Futbolchi Xitoy klubida jami 52 o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 24 bor yo'l topa oldi. 

2020 yilning 31 yanvar kuni esa ijara asosida “Atletiko”ga qaytdi. Mavsum oxirida futbolchi klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Diego Simeone unga hali ham bemalol ishonch bildiradi. Ancha avval berga intervyusida “Istagan cho'qqini zabt etishga qodir. So'nggi yillarda amalga oshirgan ishlari meni lol qoldirmoqda” – degan edi murabbiy Karrasko haqida. 

Futbolchilar orasida uning laqabi “hindu”. U o'z vaqtida “Atletiko” safida o'ynab Xitoyga ketdi va qaytgach yana o'z o'rnini topib keta oldi. Ot aylanib aylanib qozig'ini topgandek, futbolchi ham o'z jamoasini topa oldi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Karrasko Belgiya terma jamoasidagi debyut o'yinini 2015 yilning mart oyida Evro-2016 saralashi doirasida Kiprga qarshi o'yinda nishonladi. Futbolchi JCH-2018 da ham ishtirok etdi va jamoaning chap qanot hujum chizig'ida yordam berdi. 


SHaxsiy hayoti

Futbolchi 2017 yilda Belgiyaning 2013 yildagi “Miss Belgiya”si Noime Happartga uylandi. Juftlikning Instagram tarmog'ida birgalikda tushgan suratini topa olmadik. Lekin Happartning quyidagi suratida Belgiya termasining o'yinida o'zining sevgilisiga muxlislik qilayotganini ko'rib, bilib olishimiz mumkin.


Karraskoning ilk murabbiyi shunday degan edi: “U bolaligidan o'ta kuchli o'yinchi edi. Jamoadoshlari doimo to'pni unga etkazishga urinishardi. Futbolni hayotining mazmuni, deb biladi”. Futbolchining faoliyati uning o'yini kabi biroz o'zgacha. Xitoyga ketganida ko'pchilik uni “soqqa qilish uchun” ketganini aytgan edi. Biroq, u yana Ispaniyaga qaytdi va o'z o'rnini topa oldi. Karrasko o'z iqtidorini maksimum darajada ko'rsatishga intilmoqda. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика