So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Bir futbolchi tarixi". Aleksandr Geynrix: Yashil maydonda o'tmagan bolalik, Babayandan yangi yil sovg'asi va Totti uslubida nishonlangan gol Yangiliklar

"Bir futbolchi tarixi". Aleksandr Geynrix: Yashil maydonda o'tmagan bolalik, Babayandan yangi yil sovg'asi va Totti uslubida nishonlangan gol

Hujumchilar - millionlar o'yini bezagi bo'lmish gollar mualliflari.

Ular muxlislarga olam-olam quvonch bag'ishlashadi. Forvardlar qiyin paytda jamoaga foyda keltirishadi, muammolarning echilishiga sababchi bo'lishadi. Birgina g'alaba goli muallifi xalq qahramoni, millat faxri, kelajak ko'zgusiga aylanishi mumkin. Yurtimiz futboli tarixida bunday futbolchilar bisyor.  2000 yillarda O'zbekistonda yana bir iqtidor etishib chiqdi - Aleksandr Geynrix. So'nggi paytlarda maydonda kayfiyat ulashadigan, ishonch beradigan, ayyorlikni joyiga qo'yadigan xarakterdagi futbolchini terma jamoamizda ko'rmayapmiz. CHindan ham shunday. Sezganingizdek, bugungi maqola Sashaga bag'ishlanadi.

Asli kelib chiqishi nemislarga borib taqaladigan Geynrix 2001 yili 16 yoshida "Do'stlik" jamoasi orqali katta futbolga kirib keldi. Bu haqida uning so'zi shunday so'zlaydi: 


- Kunlarning birida do'stlarimdan biri, baribir kun bo'yi futbol o'ynayapmiz, kettik biron-bir to'garakka borib shug'ullanaylik dedi. Har kuni qilib yurgan ishimiz bo'lganligi uchun yo'q demadim va tuman futbol maktabiga yozildim. Keyin bizni shaharni ikkinchi ligasidagi jamoaga qabul qilishdi. To'p bilan muomala qilish davomida, bu meni ishim ekanligini anglab etdim. Tumanlararo chempionatda CHirchiq jamoasiga qarshi o'ynar edik, o'shanda chirchiqliklar sharafini Server Jeparov ham himoya qilar edi. 8-sinfga o'tganimizdan keyin Ilyosning dadasi Bakir aka Zeytullaev bizni Toshkentdagi internatga olib borishini aytdi. Bu paytda Ilyos ham mashg'ulotlardan o'tayotgan edi. Yig'indan o'tish uchun mashg'ulotlarga keldim. Ochig'ini aytaman oson bo'lmagan. U paytda internatda O'zbekistonning eng kuchli bolalari kelib yig'indan o'tishar edi. Eng saralangan futbolchilargina ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishdi. Ular qatorida men ham bo'lgan edim. SHundan keyin futbol meni hayotim bo'lishini anglab etdim va bor etiborini unga qaratdim.

Har birimizda to'p bo'lar edi. Ammo bu to'plar uchun o'zimiz pul yig'ar edik. Qo'shimcha mashg'ulot o'tkazishni istasak ham shu kabi holat. Internatda yog'och kukunidan (opilka) iborat bo'lgan maydon bo'lar edi. Pul yig'ib kukun sotib olar edik. Mana shunday maydonda to'p tepardik. 

O'ta abjir, vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakatlanadigan forvard tez orada «Paxtakor» skautlari etiborini o'ziga qaratdi va 2002 yilda "sherlar" azosiga aylandi. 

- Internatdagi ustozim Bahodir aka Toshmuhamedov menga "Do'stlik" qiziqayotganligini aytdilar. Men "Do'stlik" safida asosan o'rinbosarlar safida maydonga tushar edim. "Neftchi"ga qarshi o'ziga xos derbi bo'lar edi. Boisi jamoamiz ancha kuchli bo'lgan, amaldagi chempionlar. Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov kabi hujumchilar harakat qilishgan. "Neftchi" o'rinbosarlariga qarshi o'yinda esa raqibimiz hujum chizig'ida Kopadze va Kovalenko harakat qilar edilar. SHundan keyin bizni "Paxtakor"ga jalb qilishdi. Bu paytga kelib Magdeev bilan ancha yaqin edik. U ham menga qo'ng'iroq qilib "Paxtakor"dan taklif tushganligini aytdi. SHu tariqa biz "Paxtakor"dan o'rin oldik.

Poytaxtdagi ilk mavsumidayoq 23ta uchrashuvda 9 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi, OCHLda debyutini nishonladi. SHuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionatiga yo'llanma oldi. 

2003 yilda Viktor Borisov boshchiligidagi termamiz BAAdagi kichik mundialda Mali (2:3), Ispaniya (0:1), Argentina (1:2) kabi kuchli jamoalar bilan bir guruhdan joy oldi. Garchi guruhdagi o'yinlarning hammasida yutqazgan bo'lishsada, vakillarimizning ishtiroki muxlis va mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Mana shu musobaqada Geynrix 2ta gol urdi va ko'p o'tmay milliy termaga taklif etildi.

Bosh jamoamizning o'sha paytdagi murabbiylari - Ravshan Haydarov va Yurgen Gede uni 2004 yili Xitoyda o'tkazilgan Osiyo kubogiga olib ketishdi. To'rt yil oldingi musobaqada Saudiya Arabistoniga yirik hisobda yutqazgan termamiz CHin o'lkasida ushbu mag'lubiyat uchun revansh oldi. Aynan Geynrixning jarima zarbasidan kiritgan to'pi g'alabani taminladi. Bu yosh iqtidor uchun ulkan voqelik edi. CHorak final doirasidagi Bahrayn termasiga qarshi bahsda Sasha yana jarima zarbasidan gol urdi.


O'sha kezlari Geynrixga "Paxtakor" menejeri Samvel Babayandan kutilmagan qo'ng'iroq bo'lgandi: "Sasha, tezda kiyimlaringni yig'ishtir. Ertaga Moskvaga uchasan. Bu men uchun yangi yil hangomasi bo'lib ko'rindi",- deydi Geynrix. Futbolchiga Rossiya grandi CSKA qiziqish bildirdi va shartnoma ham imzoladi. Biroq katta futbolda o'z o'rniga endigina ega bo'layotgan o'yinchi kuchli legionerlar soyasida yo'qolib qoldi. "Armiyachilar" safida bor-yo'g'i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi, xolos.

"Rossiyaga birinchi borganimda juda yosh edim. U erda futbol o'ynash oson emasligini tushundim. Qiyin chempionat, nomdor futbolchilar. O'zim uchun kerakli xulosalarni chiqarganman", - degandi Geynrix o'z intervyusida.



Keyinchalik u Rossiyaning boshqa bir klubi - "Torpedo" safiga qo'shildi, 18 bahsda uch bor gol urdi. So'ng "Paxtakor"ga qaytdi. 2006 yili Rauf Inileev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya termasi Qatardagi Osiyo o'yinlarida qatnashdi. Geynrix 4ta o'yinda 3ta to'p kiritdi. Mazkur uchrashuvlarda u tajriba to'plab bordi. Xarakter va o'ziga xos uslubga ega bo'ldi. Standart vaziyatlardan mohirlik bilan foydalanishi ko'p hollarda raqib posboniga muammo tug'dirardi. SHu sababli tez orada muxlislar yoqimtoyiga aylandi. 2007-2011 yillar mobaynida Geynrix o'zining jonajon "Paxtakor" klubida biri-biridan ajoyib mavsumlarni o'tkazdi. 

- Nima uchun siz doim huquqan "Paxtakor"ga tegishli bo'lasiz. Lekin ko'pchilik bilmaydi, qiyin paytda erkin futbolchi bo'lsangiz-da, "Paxtakor" bilan shartnomangizni uzaytirib jamoaga pul ishlab olish imkonini berasiz. Aslida, shu transfer pulini ham klubdan o'zingiz uchun olsangiz bo'ladi...

- To'g'ri, lekin pul hamma narsani ham hal qilmaydi-ku?! Ochig'ini aytsam men pul borasida saxiyman. Men uchun puldan ko'ra, ikki kishi o'rtasidagi munosabat katta rol o'ynaydi. Oila, sevgi, farzand va do'stlar. Bularni pulga sotib olib bo'ladimi? Agar kishi aqlliy bo'lsa pul doim o'zi keladi. Lekin pulga xirs qo'yish kerak emas.



2010 yilda milliy jamoa ruli Vadim Abramovga topshirildi. Termani Qatardagi Osiyo kubogiga aynan shu mutaxassis olib bordi. Murabbiy Sashadan qanday foydalanishni bilardi. Bu uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda qisman ish bergan, Janubiy Koreya bilan 0:3 hisobida mag'lub bo'layotgan terma jamoamiz Sashaning ikki goli bilan hisobni qisqartirgan, bu gol barchaga umid bergandi. CHindan ham mazkur musobaqadagi ijobiy natijalarda ko'pchilik qatori Geynrixning ham hissasi katta bo'ldi. Janubiy Koreya termasiga qarshi 3-o'rin uchun kechgan bahsda uni "Suvon" kuzatgan ekan. Natijada, qita turniridan keyin u mazkur klub bilan shartnoma imzoladi. O'shanda Aleksandr intervyusida shunday degandi: "Janubiy Koreyada qiynalganim rost. U erdagi hayot tarzi, mahalliy ovqat, shuningdek, mashg'ulotlarga ko'nikish oson kechmagan".

Keyinchalik Sasha BAAning "Emireyts" klubida omadini sinab ko'rdi, o'xshamadi. Orada sport formasini biroz yo'qotgan futbolchi Qozog'istonning "Aktobe"siga o'tdi. Milliy jamoada avlodlar almashinuvi jarayoni ro'y berayotgani bois, ancha vaqt termaga chaqirilmadi. Samvel Babayan bosh jamoamizga kelgach, Geynrixni tarkibga qaytardi va bu qaytish gol bilan nishonlandi: JCH-2018 saralashi doirasida Yaman darvozasini aniq nishonga oldi. KXDR termasi bilan o'yinda burilish yasadi, 3-bosqich ilk turida Suriya uning yagona goli evaziga taslim etildi. Ammo qolganiga hujumchimizning kuchi etmadi.



Yodingizda bo'lsa, Geynrix suriyaliklarga qarshi bahsda urilgan golini o'zgacha tarzda (telefonda selfi qilib) nishonlagandi. Bu borada berilgan savolga u shunday javob bergandi: "Totti - haqiqiy afsona. Uning so'nggi o'yinini ko'rdim, futbol bilan xayrlashganini ko'rib yig'ladim. U singari golni nishonlaganimdan shodman. Suriya bilan o'yindagi selfi o'z-o'zidan kelib chiqdi. Nodirxo'ja Yo'ldoshev menga telefonini uzatdi va ajoyib hissiyotlar ostida suratga tushdik",- deydi Sasha. 


Geynrix O'zbekiston terma jamoa­si libosida 94ta o'yin o'tkazib, 31ta gol urdi. JCH-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi Toshkentda o'tkazilgan o'yin uning faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi. SHu kuni u maydonni ko'z yoshlari bilan tark etdi. Ha, Sasha butun xalqimiz kabi mundialga borishga haqli edi. CHunki u yashil maydonda o'zi uchun emas, yurt shani, vatan obro'si uchun harakat qilgan. Qiyin pallalarda o'zini ko'rsata olgan. SHu bois, eslaganda hamisha faxr bilan o'zimizning Geynrix deb qo'yamiz.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика