So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Bir daqiqa ham: JCH-2022da o'ynamagan futbolchilar Yangiliklar

Bir daqiqa ham: JCH-2022da o'ynamagan futbolchilar

Qatarga shunchaki borganlar haqida gaplashamiz.

Jahon chempionati-2022 yakuniga etib bormoqda. Ayrimlar uchun turnir ancha oldin yakunlangan, ayrimlar uchun esa terma jamoa tarkibida bo'lsalar ham boshlanmay tugagan. Bugun JCH-2022da maydonga tushirilmagan mashhur o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Mark-Andre ter SHtegen (Germaniya terma jamoasi)

Ter SHtegen uchun yangilik yo'q. Yana barcha o'yin amaliyoti Manuel Noyerga berildi. "Barselona" darvozaboni JCH-2022da biror marta maydonga tushmadi, Germaniya terma jamoasining o'zi esa turnirda uzoq qolmadi. Nemislar pley-offga chiqa olishmadi va guruh bosqichidagi uchta o'yindan so'ng uyga qaytishdi. Ter SHtegen uyda o'tadigan Evro-2024da imkoniyat olishi mumkin. Noyer baribir yosharmaydi, ha u shuningdek JCH-2022dan so'ng jiddiy jarohat oldi.



Aaron Ramsdeyl (Angliya terma jamoasi)


Angliyada Ramsdeylning ustidan kulishdi, sababi uning jamoasi Premer-ligada CHempionshipga tushib ketdi. Ammo, bu "Arsenal"ga o'tishgacha ro'y berdi. Aaron London klubida umuman yangi bosqichga chiqdi, bu esa unga milliy jamoadan taklif olishga yordam berdi. Ammo, u baribir JCHda o'ynamadi, barcha o'yin amaliyoti Jordan Pikfordga berildi. "Everton" darvozaboni Angliya terma jamoasining birinchi raqami bo'lib qolmoqda.



Konor Gallaxer (Angliya terma jamoasi)

Angliyada iqtidorli yoshlar ko'p, ammo ularning barchasiga ham maydonda joy yo'q, jumladan Gallaxerga ham. Umuman olganda "CHelsi" xavbeki uchun Qatarga yo'l olish syurpriz bo'ldi. Futbolchi chaqiruv olishni kutmaganini tan oldi. Konor baribir JCH-2022da o'ynamadi va bu ajablanarli emas. Gallaxerda markaziy yarim himoyada Jud Bellingemdek jiddiy raqobatchi bor. Ammo, "ko'klar" tarbiyalanuvchisining kelajagi hali oldinda. Kelajakda uni o'z klubida muhim rol kutmoqda.



Stefan de Vrey (Niderlandiya terma jamoasi)

De Vrey – "Inter"ning asosiy himoyachisi. Ammo, milliy jamoada futbolchining ishlari unchalik yaxshi emas. Niderlandiyalik butun turnir davomida zaxirada o'tirdi. Niderlandiya terma jamoasi qaydnomasidan bir yo'la 5 markaziy himoyachi o'rin oldi, shu sabab tarkibga kirish qiyin bo'ldi. De Vrey uyoqda tursin, hatto Matteys de Ligt ham atigi 92 daqiqa harakat qildi. Balki futbolchilar uchun murabbiy almashgandan so'ng nimadir o'zgarar. Lui van Gal "olovranglar"dan ketdi, uning o'rnini Ronald Kuman egallaydi.



Ben Uayt (Angliya terma jamoasi)

"Arsenal" bosh murabbiy Mikel Arteta Uaytning JCH-2022 uchun Angliya termasiga chaqirilganidan xursand bo'lgan edi. Ammo, futbolchi uchun jahon chempionati quvonchsiz o'tdi. Ben JCH-2022da o'ynamadi va hatto milliy jamoa ixtiyorini erta tark etdi. Mish-mishlarga ko'ra, bunga o'yinchining Garet Sautgeyt yordamchilaridan biri bilan kelishmovchiligi sabab bo'lgan. Mutaxassis buni tasdiqlamadi, ammo inkor etmadi ham. Bu "kanonirlar" uchun esa foyda. Ularga Premer-ligada etakchilikning saqlab qolish uchun tanaffusga qadar barcha muhim o'yinchilar kerak.



Karim Adeyemi (Germaniya terma jamoasi)

Adeyemi Germaniya terma jamoasining yangi avlod o'yinchilaridan hisoblanadi. Ammo, Karimga jahon chempionatida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berilmadi. Boshqa tomondan, yosh forvard Bundesligada o'zining eng yorqin mavsumini o'tkazmayapti, shu sabab jahon chempionatiga chaqiruvni avans desak bo'ladi. Har qanday holatda ham Adeyemida milliy jamoa uchun muhim o'yinchi bo'lishga imkoniyat bo'ladi. Nemislarda yaxshi avlod etishmoqda.



Jeyms Meddison (Angliya terma jamoasi)

Jahon chempionatida o'ynash imkoniyati berilmagan yana bir Angliya terma jamoasi vakili. Ammo, Meddisonga boshidan kam ishonch bildirilgandi. Jeyms so'nggi lahzada JCH-2022 uchun qaydnomaga kirdi va jarohat sabab mashg'ulotlarga kech qo'shildi. "Lester" yarim himoyachisi umuman olganda Angliya terma jamoasida bitta o'yin o'tkazgan. U ham bo'lsa 2019 yilning noyabridagi o'yin (CHernogoriyaga qarshi 34 daqiqa). SHunga qaramay, Meddison "tulkilar"ning muhim o'yinchisi bo'lib qolmoqda va APLda ko'plab top-klublarning etiborida bo'lib turibdi.



Eyji Kavashima (Yaponiya terma jamoasi)

Yaponiya terma jamoasi afsonasi bo'lmish ushbu posbon uzoq yillar davomida "kunchiqar yurt" jamoasining birinchi raqami edi. Ammo, afsona bu safargi mundialni zaxiradan kuzatdi. Uning o'rnini esa nisbatan yoshroq (33) bo'lgan Syuiti Gonda egalladi. Kavashima esa bundan uch kun oldin terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика