Bilich: “Istefo? Men hech qachon taslim bo'lmayman”
25 okt 2017 22:27
Yangiliklar
Bilich: “Istefo? Men hech qachon taslim bo'lmayman”
“Vest Xem” bosh murabbiyi Slaven Bilichning aytishicha, u muvaffaqiyatsiz o'yinlar o'tkazayotganiga qaramay istefoga chiqish haqida o'ylayotgani yo'q.
9-turdan keyin “bolg'aurarlar” APL turnir jadvalida 16-pog'onani band etib turishibdi.
“Istefo? Men hech qachon taslim bo'lmayman. Hayotimda hech qachon taslim bo'lmaganman ham. Bu mening ishim va bu ishni o'zim to'p tepgan klubda amalga oshirayotganligim yanada zavqli. Premer ligada doim istefoga chiqish chegarasida yuradigan 4-5 nafar murabbiylar bor. SHulardan biri menman. Bu meni etiborimdan chalg'itmaydi va tanlagan yo'limdan qaytara olmaydi”, deya Bilichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar