Bilich: "Chempionlar ligasi hududida turnirni yakunlagandan, Angliya Kubogida g'olib chiqish yaxshiroq"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2016, 17:43
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich uchun Angliya Kubogidagi g'alaba Chempionlar ligasi hududida chempionatni yakunlash muximroq.

9 yanvar kuni "bolg'aurarlar" Angliya Kubogining 1/32 final bosqichida "Vulverxempton" bilan o'ynaydi.

"Biz uchun Chempionlar ligasi hududida turnirni yakunlagandan, Angliya Kubogida g'olib chiqish yaxshiroq. Bilasizmi, Kubok - bu sovrin. Agar Kubokda zafar quchsak, uni boshimiz uzra ko'tara olamiz. To'rtinchi o'rin bilan bu ishni qila olmaysiz. Men gazetani xarid qilib, turnir jadvaliga qarab shunday deb baqirishim kerak: "Xoy, qaranglar, biz to'rtinchimiz, Chempionlar ligasidamiz!". Shu sababli Angliya Kubogida g'alaba qozonib, APLda beshinchi yoki oltinchi bo'lishga roziman" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports