Bilasizmi? Tarixdagi eng yaxshi fulbeklardan biri "Real"ga tasodif tufayli kelib qolgan
02 iyu 2020 10:02
Yangiliklar
Bilasizmi? Tarixdagi eng yaxshi fulbeklardan biri "Real"ga tasodif tufayli kelib qolgan
Afsonaviy Roberto Karlos haqida gap ketyapti.
1996 yilda "Inter" Ivan Samoranoni ("Real Madrid") sotib olishga qaror qildi. "Neradzurrilar" chililik forvardning transfer narxini tushurish uchun 23 yoshli Karlosni (+15 mln evro) "Real"ga taklif qiladi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va braziliyalik himoyachi "Real"da super yulduzga aylandi. Samorano esa "Inter"da o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qilolmadi. SHundan keyin Milan klubi yangi markaziy hujumchini xarid qilishga majbur bo'ldi – braziliyalik Ronaldo.
Fikrlar