So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Bilasizmi? Ronaldu Evropa Ligasida o'ynagan, ammo ... Yangiliklar

Bilasizmi? Ronaldu Evropa Ligasida o'ynagan, ammo ...

Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan bu mavsumni ham “Manchester Yunayted”da o'tkazishi kutilmoqda.

“Qizil iblislar” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, APLda 6-o'rindan joy oldi va Evropa Ligasiga ravona bo'ldi.

Endi 37 yoshli portugaliyalik manchesterliklar bilan birga o'zi uchun noodatiy bo'lgan musobaqada qatnashishiga to'g'ri keladi. Ko'pchilik Ronaldu Evropa Ligasida debyut qilishi haqida aytmoqda, ammo forvard 2002 yil “Sporting” safida bu turnirda o'ynagan.

To'g'ri, o'shanda musobaqa UEFA Kubogi deb atalgan va formati biroz boshqacharoq edi, lekin g'oliblarni hisoblashda umumiy turnirdagi natijalar inobatga olinadi. 

Lissabonliklar o'shanda saralashning ilk bosqichida “Partizan”ga (1:3, 3:3) engilgan. 17 yoshli Ronalduning evrokubokdagi yurishi shu tariqa omadsiz start olgandi. U ikkala o'yinda ham (birinchisida zaxiradan tushgan, javob o'yinida asosiy tarkibda) ishtirok etgan, ammo gol urolmagan.


Malumot o'rnida, UEFA Kubogi 1971 yil tashkil topgan. Musobaqa 2009 yildan Evropa Ligasi nomini olgan.

“Manchester Yunayted” 2017 yil chempion bo'lgan bo'lsa, 2021 yil finalda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bergandi.

MYUdan tashqari bu mavsum ELda qatnashadigan taniqlilar qatorida “Roma”, “Arsenal”, “Lacio”, “Feyenoord” kabi klublar bor.

Demak, Ronaldu Evropa Ligasi (UEFA Kubogi)dagi gollari hisobini ochishga yaqin turibdi. Musobaqa to'purari Xenrik Larsson (40 ta) hisoblanadi. Bir mavsumda gol urish bo'yicha rekord Radamel Falkao (17 ta) tegishlidir.  Eng ko'p titulni esa “Sevilya” (6 ta) qo'lga kiritgan.

Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichiga 26 avgustda qura tashlanadi. Asosiy o'yinlar esa 8 sentyabrdan start oladi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика