Bilasizmi? Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda?
23 apr 2014 07:00
Yangiliklar
Bilasizmi? Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda?
Birinchi liga klublarida kimlar drijyorlik qilayotgani haqida o'quvchilarimiz to'liq malumotga ega emas.
SHu bois masuliyatli vazifada qaysi murabbiylar mexnat qilayotgani haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik. Zero ularning tutgan o'rni kattadir. Bu yil birinchi liganing “SHarq” mintaqasi jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlayotganlardan eng kattasi bu – “Xotira-79” ustozi Asqaralievdir. Usmon Ahmedovich bu yil o'zining qutlug' 60 yoshini nishonlamoqda. Aksincha eng yosh murabbiy Muhiddin Ortiqovdir. “Bunyodkor-2” bosh murabbiyi 28 may kuni 34 yoshga to'ladi.
“Qo'qon-1912” – Tohir Kapadze (10.05.55).
Qo'qon futboliga ko'p mexnati singgan Tohir Kapadzeni futbol jamoatchiligiga ortiqcha tanishtirib o'tish shart bo'lmasa kerak. Negaki, Tohir Veysalovich yurtimizdagi mutaxassislar orasida o'ziga yarasha xurmat qozonganlardan biridir. “Qo'qon-1912” klubida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan murabbiy shu kungacha jamoa boshlig'i lavozimidan tortib, bosh murabbiygacha bo'lgan lavozimlarda faoliyat yuritgan mutaxassisdir. U kishi mana oxirgi 3 yildan buyon jamoa ustozi sifatida ishlab kelmoqda. Jamoa rahbariyati joriy mavsum oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Maqsadga aynan Tohir Kapadze boshchiligida erishishni butun Qo'qon axli niyat qilmoqda. Bu borada murabbiyda etarlicha tajriba bor. Kapadzega murabbiylar shtabida Muhiddin Abduvaliev bilan yaqindagina butsalarini mixga ilishga qaror qilgan Muhsin Nizomitdinov yordam berib kelmoqda.
“Lokomotiv-BFK” - Leonid Senkevich (06.10.72).
O'tgan yili bu jamoani 29 yoshli murabbiy Pavel Zaxarov boshqargandi. Jamoa ikkinchi bosqichda ham o'ynash imkoniyatidan mahrum etilgach, rahbariyat boshqaruv postiga Leonid Senkevichni olib kelishga qaror qildi. Futbolchilik faoliyati davomida asosan Toshkentning birinchi liga klublarida o'ynagan Senkevich ilgari murabbiy sifatida “Imkon-Oltiariq” jamoasini boshqargandi. Bu yil unga “Lokomotiv-BFK”da sobiq hakamga aylangan Yavar Najafaliev yordam bermoqda.
“NBU-Osiyo” – Jafar Irismetov (23.08.76).
Joriy mavsum murbbiylik borasida debyutini o'tkazayotgan Irismetovni ham ishqibozlar yaxshi bilishadi. Yaqin o'tmishning mohir to'purarlaridan biri bo'lgan Jafar bu sohada dastlab “Navbahor”da o'ynovchi murabbiy sifatida ishlagandi. Mana bu yil esa u masuliyatli vazifani to'liq o'z zimmasiga oldi. SHuni aytish kerakki, ilk mavsumida oson bo'lmasligini bilgan yosh murabbiy tarkibni ilgari o'z bilan birga o'ynagan bir qator tajribali futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. Lekin “bankirlar” ko'pchilik kutgani kabi barqaror o'yin ko'rsatishga qiynalmoqda. Har xolda jamoaning shu kungacha qayd etgan natijalari shuni ko'rsatib turibdi. Balki bu vaqtinchalik xolatdir. Irismetovni ishiga esa munosib bahoni mavsum so'nggida berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Hozircha kuzatamiz. Aytgancha bosh murabbiyga jamoada Arslon Tolipov bilan Baxtiyor Qambaraliev ko'maklashmoqda. Ushbu trio ilgari sobiq “Do'stlik”da birga o'ynaganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.
“CHust-Paxtakor” - Vitaliy Ligay (1970).
CHustliklar har mavsum boshida murabbiyni o'zgartirmoqda. Rahbariyat o'tgan mavsum boshida boshqaruv postiga Robert Gayni olib kelgandi. Natija ijobiy ko'rinishda bo'layotgan bir paytda bosh murabbiy Namangan viloyatining bosh jamoasi “Navbahor”ga o'tib ketdi. SHundan so'ng uning o'rniga samarqandlik Xayrulla Abdiev tayinlandi. Bu murabbiy bilan yarim mavsum hamkorlik qilingach, bu yil yana bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qilindi. Uzoq o'ylanishlardan so'ng Vitaliy Ligay nomzodiga to'xtalgan chust jamoasi tarkibni ham deyarli yangitdan shakllantirdi. Oxirgi ish joyi “Andijon” bo'lgan Ligay qisqa vaqt ichida mahalliy futbolchilardan iborat kurashchan jamoa tuzishga harakat qildi. Lekin natija baribir rahbariyatni unchalik ham qoniqtirmayotgani oydek ravshan. Extimol yana 2-3 turdan so'ng hammasi iziga tushib ketar. Ligayga murabbiylar shtabida Aleksandr Lyan yordam bermoqda.
“Xotira-79” - Usmon Asqaraliev (20.11.54).
Namangan viloyatining Uychi tumani jamoasi bo'lmish “Xotira-79” bu yil birinchi ligada ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. O'tgan yili yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosa chiqargan klub rahbariyati bosh murabbiylikka mahalliy mutaxassis Usmon Asqaralievni olib keldi. Faoliyati mobaynida oliy liganing bir qator klublarini boshqargan Asqaraliev Uychida kurashchan jamoa shakllantirishga harakat qildi. Tarkibda oliy liga havosidan bahramand bo'lgan o'yinchilar borligi uchun ham jamoaning ishlari hozircha ko'ngildagidek ketmoqda deyish mumkin. Bosh murabbiyga mashg'ulotlar jarayonida xujjat bo'yicha texnik direktor lavozimida ishlayotgan SHavkat Ahmedov yordam bermoqda.
“Paxtakor-2” - Dilshod Nuraliev (19.11.69).
Nuraliev shubhasiz birinchi ligadagi taniqli murabbiylardan biri. Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan Dilshod aka bungacha asosan bolalar futboli va yoshlar terma jamoasida ishlab kelayotgandi. Joriy yildan esa “Paxtakor-2” boshqaruvi Nuralievning qo'liga o'tdi. Asosan yoshlardan tashkil topgan klubda murabbiy qanday ishlashni biladi. Tajribali murabbiyga Jasur Abduraimov yondam bermoqda. Aytgancha darvozabonlar bilan ham alohida ishlovchi murabbiy bo'lib, bu Artyom Petrosyandir.
“Obod” - Xayrulla Abdiev (22.11.73).
Bungacha “O.Akbarov”, “Dinamo-Kattaqo'rg'on”, “Yangier” hamda “CHust-Paxtakor” kabi jamoalarida ishlagan samarqandlik Abdiev bu yil liga debyutanti “Obod”da hujjat bo'yicha bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tgan. Aytishlaricha bosh murabbiylikni amalda Farhod Safarov qilayotgan ekan. Jamoaning “UzDongJu”ga qarshi kechgan o'yinida ham futbolchilarga aynan Safarov maydon chetida ko'rsatma berib turganini ko'rgandik. Xullas ushbu tandem Toshkent jamoasini boshqarmoqda.
“Istiqlol” - Kamol Jo'nashev (20.02.78).
Bu yil Pskent tumani nomidan ishtirok etayotgan “Istiqlol” jamoasini qo'qonlik Kamol Jo'nashev boshqarmoqda. Birinchi liganing bir qator jamoalarida ishlab bu borada etarlicha tushunchaga ega bo'lib ulgurgan Jo'nashev tahminan o'tgan mavsumning dastlabki 6 turi ortda qolganidan so'ng jamoaga kelib ish boshlagandi. “Istiqlol”ning hozircha bu yilgi ishtiroki chakki emas. Klubda bosh murabbiyga Farxod Rahimberdiev assisentlik qilmoqda.
“UzDongJu” - Nozimjon Mullaoxunov (17.07.73).
Bu yil yana qaddini rostlagan Andijonning “UzDongJu” jamoasini mahalliy murabbiy Nozimjon Mullaoxunov boshqarmoqda. Viloyatda yoshlar bilan ishlash borasida o'ziga yarasha xurmat qozongan murabbiy “UzDongJu”da ham mahalliy yoshlar bilan ishlamoqda. Unga murabbiylar shtabida Fozil Boborahimov yordam bermoqda. Darvozabonlar bilan esa Hamidullo Zokirov ishlamoqda.
“Oq-tepa” – Aleksandr Mochinov (06.05.76).
Murabbiylikdagi dastlabki mavsumlarini aynan “Oq-tepa”da o'tkazgan Mochinov o'tgan yillar davomida malum muddat “Bunyodkor” yoshlar jamoasida ham faoliyat yuritdi. Bu yil oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan Toshkent klubi rahbariyati boshqaruv postiga yana Aleksandr Mochinovni olib keldi. Aleksandr Vladimirovich qaerda ishlamasin doimo o'zi bilan birga yordamchisi Anatoliy Kurlaevni ham olib yuradi. Ushbu tandemga “Oq-tepa”da qo'shimcha sifatida Artur Parvanov va Aziz Muxamedovni ham aytish mumkin. Darvozabon Parvanov o'ynovchi murabbiy sifatida ishlayotgan bo'lsa, Muxamedov jismoniy tayyorgarlik bo'yicha faoliyat yuritmoqda.
“Bunyodkor-2” - Muhitdin Ortiqov (28.05.80).
Oliy liga vakili “Bunyodkor”ning farm-klubida bungacha Sergey Lushan ishlab kelayotgandi. Mazkur murabbiy yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng, “Bunyodkor-2” boshqaruvi Muhiddin Ortiqov zimmasiga o'tdi. Joriy mavsumga qadar yordam murabbiy sifatida ishlab kelgan Ortiqov bu yil bosh murabbiy sifatida debyut mavsumini o'tkazmoqda.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar