Beyl Qatardagi mundialni tark etganidan keyin Uels TJdagi kelajagi haqida gapirdi
30 noy 2022 08:20
Yangiliklar
Beyl Qatardagi mundialni tark etganidan keyin Uels TJdagi kelajagi haqida gapirdi
JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Uels 0:3 hisobida Angliyaga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
“Imkonim etgunga qadar o'ynashda davom etaman. Ayni vaqt qiyin damlarni boshdan kechiryapmiz, ammo bu meni to'xtata olmaydi.
Evropa chempionatiga saralash bahslari mart oyida start oladi va terma jamoada bo'lishimga umid qilaman”, degan Garet Beyl.
Eslatib o'tamiz, uelsliklar dastlabki turda AQSH bilan durang (1:1) o'ynadi va keyin Eronga 0:2 natijasi bilan yutqazdi. Jamoa “B” guruhida 1 ochko bilan oxirgi bo'ldi.
Fikrlar