Beyl Anchelottini buyuk murabbiy deb atadi
04 iyu 2021 18:07
Yangiliklar
Beyl Anchelottini buyuk murabbiy deb atadi
"Real" hujumchisi Garet Beyl "qirollik klubi"ga qaytgan Karlo Anchelottini buyuk murabbiy deb atadi.
"Men Karlo Anchelottining buyuk murabbiy ekanligini bilaman. Men uni bilaman va bizda o'tmishda "Real" bilan ajoyib lahzalar bo'lgan. Evropa chempionati tugashi bilan suhbatlashamiz va mening jamoadagi kelajagim borasida bir qarorga kelamiz", - deydi Beyl.
Beyl 2020/21 yilgi mavsum "Tottenxem" safida "Real"dan ijara asosida o'ynadi.
Mayda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Madrid klubi Beylni tezroq sotmoqchi ekanligi va hatto o'yinchi faoliyatini yakunlashi mumkinligi borasida ham xabarlar yangragan edi.
Anchelotti "Real"ga kelganidan so'ng Beylning Madrid grandiga yordam bera olishini aytdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar