"Betis" bilan durangdan so'ng shogirdlarini qo'llab-quvvatlagan Simeone chempionlik haqida gapirdi
12 apr 2021 12:28
Yangiliklar
"Betis" bilan durangdan so'ng shogirdlarini qo'llab-quvvatlagan Simeone chempionlik haqida gapirdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 30-tur doirasidagi "Betis" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi taym juda yaxshi o'tdi, ilk daqiqalardan biz o'ynadik, bizda xavfli vaziyatlar bo'ldi, keyin esa ular gol urishdi. Ikkinchi bo'limda ularga ko'proq zarar etkazishimiz mumkin edi. Biz o'yinchilardan juda mamnunmiz, ular katta ish bajarishdi.
CHempionlik? Men yolg'onni sevmayman. Biz o'yindan o'yinga o'tib bormoqdamiz va men hech narsani o'zgartirmoqchi emasman. Men bu lahzani sevaman", - deydi Simeone.
"Atletiko" 67 ochko bilan jadvalda birinchi o'rinda bormoqda. "Matraschilar"ni "Real" (1 ochko kam) va "Barselona" (2 ochko kam) taqib etib kelmoqda.
Qayd etish kerakki, muhim o'yinda ochko yo'qotilganiga qaramay, "El CHolo" shogirdlarini qo'llab-quvvatladi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar