So’nggi yangiliklar

08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   0 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   2 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  12 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  152 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  31 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  22

Beshinchisi besh bo'ladimi? Yangiliklar

Beshinchisi besh bo'ladimi?

Ertaga Timur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs bilan 2022 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.

Musobaqaning final bosqichiga poytaxtimiz yashil maydonlari mezbonlik qilishini hisobga olsak saralash Kapadze shogirdlari uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Unda futbolchilarning yanada tajriba to'plashi, xalqaro o'yin ko'nikmasiga ega bo'lishi ko'zda tutilgan. Vakillarimiz ilk turni Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. So'nggi yillarda turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun haqiqiy bosh og'riq bo'layotgan saudiyaliklar bu safar ham bizga raqiblik qiladi. Keling shu o'rinda so'nggi yillarda ushbu yurt terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvlarni yodga olib chiqamiz. 

2019 yil. Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonidagi saralash bahslarida qatnashgandi. O'shanda ham termamiz musobaqa mezbonligini qo'lga kiritgan, Saudiyaga esa tayyorgarlik ko'rish maqsadida borgandi. Ushbu to'qnashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishganini aytish joiz. 88-daqiqada Jasur Jaloliddinovning goli mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi. 

10.11.2019. 

Saudiya Arabistoni U-19 - O'zbekiston U-19 1:1

Gollar: Al Sayali 45 (pen) - Jasur Jaloliddinov 88

O'zbekiston: 1. Abduvohid Nematov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Xojimat Erkinov, 10. Jasur Jaloliddinov, 15. Diyor Ramazonov, 17. Ruslan Roziev, 20. Xurshidbek Ubaydullaev, 22. Diyorbek Rahimqulov

Zaxira: 12. Asadullaxon Polvonov, 16. Islomjon Abdullaxonov, 3. Davron Anvarov, 5. Alibek Davronov, 8. Ibrohim Ibragimov, 11. Bekzod SHamsiev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Sunnatillo Hamidjonov, 18. Muzaffar Olimjonov, 19. Muhammadqodir Rahimberganov, 23. Otabek Jo'raqo'ziev

Xuddi shu yilning 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoning milliy terma jamoasi ro'baro' keldi. "Paxtakor" stadionida fantastik muhitda kechgan bellashuvda hisobda oldinda borayotgan terma jamoamiz yakunda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchragani yodingizdan chiqib ulgurmagani aniq. Demak ikkinchi urinish ham samarasiz ketdi. 

JCH-2022 saralashi

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:3

Gollar: Eldor SHomurodov (16), Otabek SHukurov (56-p) - Salman Al Faraj (23-p, 85), Salim Al Dosari (90)

14 noyabr 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara, Yudai Yamamoto (barchasi Yaponiya)

Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya)

Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya)

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov - 3.Hojiakbar Alijonov, 9.Odil Ahmedov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiev - 8.Ikrom Aliboev, 7.Otabek SHukurov, 13.Sanjar Qodirqulov - 10.Jaloliddin Masharipov, 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Murod Xolmuhammedov, 6.Lutfulla To'raev. 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimec, 18.Odil Hamrobekov, 19.Aziz Turg'unboev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Igor Sergeev, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Oleg Zoteev.

Saudiya Arabistoni: 21.Muhammad Al Ovays, 13.Yosir Al SHahroni, 4.Ziyod Al Sahafi, 5.Muhammad Xubrani, 6.Muhammad Al Burayk, 7.Salmon Al Faraj, 8.Yahyo Al SHehri, 11.Xattan Bahbri, 14.Abdulloh Otayf, 17.Firas Al Buraykan, 18.Salim Al Davsari.

Zaxira: 1.Amin Al Buhari, 2.Saud Abdulloh, 3.Hassan Al Tambakti, 9.Xorun Kamara, 10.Navaf Al Abid, 12.Abdulloh Al Haybari, 16.Abdurahmon Al Dosari, 19.Abdulrahmon Al Obayd, 20.Abdulaziz Al Bishi, 22.Favaz Al Qarni, 23.Abdulloh Al Hamdan.



2020 yilning yanvar oyida Tailandda Tokio-2020 olimpiyadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo chempionati tashkillashtirildi. CHorak finalda BAA to'sig'idan osonlikcha o'tgan olimpiyachilarimizni yarim finalda Saudiya Arabistoni kutardi. Tengma-teng kechgan bahsda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol saudiyaliklarning to'g'ridan-to'g'ri olimpiyadaga yo'llanma olishini taminlagandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Avstraliya "uloq"ni ilib ketgan. 


U-23 Osiyo chempionati

Yarim final

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Nosir Salmon Al Omran (87)

22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)

To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)

VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy) 

Saudiya Arabistoni U-23: 22.Muhammad Alyami, Abdulbosit Muhammad Hindi, 4.Hassan Altambakti, 6.Sami Alnaji, 7.Abdulrahmon G'arib, 9.Abdulloh Abdulrahmon Alhamddan, 10.Ayman Alhulayf, 13.Holid Dubaysh, 14.Ali Sodiq Al Hassan, 20.Muhtor Ali SHayh, 23.Saud Abdulloh Albudhamid.

Zaxira: 1.Amin Muhammadsaloh Al Buxoriy, 21.Saloh Abdulloh Al Ohaymid, 2.Abdulloh Hassun Tarmin, 5.Abdulilah Alamri, 8.Nosir Salmon Al Omran, 11.Abdulrahmon Hoshim Alyami, 12.Ayman Yahyo Ahmad, 15.Hussayn Ahmad Al Isa, 16.Yusuf Saad Al Harbi, 17.Saad Ali Al Saluli, 18.Holid Al G'annam, 19.Feras Tariq Al Brikan.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.


Joriy yilda JCH-2022 navbatdagi bosqichiga yo'llanma beruvchi asosiy bahsda milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yirik hisobda engildi. Bu natija esa tarixda ilk bor ikkinchi bosqichda qolib ketishimizga sabab bo'ldi. 

JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi

15.06.2021, 23.00

S.Arabistoni - O'zbekiston 3:0

Gol: Salmon al Faraj, 25 (1:0), Salmon al Faraj, 32 (2:0), Ali Al Hassan, 52 (3:0)

Bosh hakam: Xyung Jin Ko (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Jaeol Yun, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

S.Arabistoni: 21. Muhammad Al Ovays – 2. Sulton Al G'anim, 3. Abdulla Madu, 13. Yosir Al SHaxroni, 23. Hassan Al Tambakti – 7. Salmon Al Faraj, 8. Ali Al Hassan, 14. Ibrohim Otayf – 11. Holid Al SHexri, 18. Abdulloh G'arib, 19. Muhammad Halil Al Ovays.

Zaxira: 1. Muhammad Faraj Al Yami, 4. Muhammad Abdu Qurboniy, 5. Al Bulayxi, 6. Abdulele Al Amri, 9. Abdulla Al Hamadan, 10. Ali Hassan Al Asmari, 12. Saud Abdulla Abdulhamid, 15. Nosir Issa Al Dovsari, 16. Sami Al Naji, 17. Muhammad Marzuq Al Kuvaykibi, 20. Feras Al Brikan, 22. Zayd Majid Al Bavardi

O'zbekiston: 12. Sanjar Quvvatov – 23. Ibrohimhalil Yo'ldoshev(17. Dostonbek Hamdamov,54), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odil Ahmedov, 3. Hojiakbar Alijonov – 6. Odil Hamrobekov(22. Oybek Bozorov, 54), 7. Otabek SHukurov, 13. Oleg Zoteev, 10. Jaloliddin Masharipov, 18. Vagiz Galiulin(Ikrom Aliboev, 54) – 14. Eldor SHomurodov

Zaxira: 1. Abduvohid Nematov, 4. Farruh Ikromov, 16. Valijon Rahimov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 2. Islomjon Qobilov, 15. Husniddin Aliqulov, 19. Abrorbek Ismoilov,  11. Temurxo'ja Abduholiqov, 21. Igor Sergeev. 

Saudiyaliklarga qarshi beshinchi bahsda futbolchilarimizning ishi besh bo'ladimi? Barchasini ertaga bilib olamiz. Sizlardan esa hamyurtlarimizni qo'llab-quvvatlashingizni so'rab qolamiz. Olg'a O'zbekiston!

P.S: So'nggi yillardagi va turli yoshdagi terma jamoalarimizning natijalari keltirildi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика