Bert van Marveyk BAA terma jamoasini tark etdi
05 dek 2019 12:46
Yangiliklar


Bert van Marveyk BAA terma jamoasini tark etdi
BAA futbol associaciyasi gollandiyalik murabbiy bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganini malum qildi.
Bunga sabab Ko'rfaz Kubogida ishtirok etgan BAA terma jamoasining Quvayt bilan kechgan bahsda 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergani bo'ldi. Mana shu o'yindan 24 soat o'tib associaciya rahbariyati Bert van Marveykni istefoga chiqardi.
Gollandiyalik murabbiy qo'l ostida terma jamoa o'zini ko'rsata olmadi. JCH-2022 saralash bahslarida ham amirlik futbolchilari iliq taassurot qoldirishmayapti. BAA Ko'rfaz Kubogida faqat bitta yutuqqa erishdi. SHuningdek, Iroq va Qatarga imkoniyatni boy berdi. JCH saralash o'yinlarida esa jamoa safarda Tailand va Vetnamdan ham mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar