Bernardeski "Yuventus"ni tark etadi
20 may 2022 21:03
Yangiliklar


Bernardeski "Yuventus"ni tark etadi
"Yuventus" hujumkor yarim himoyachisi Federiko Bernardeski yozgi transferlar vaqtida jamoadan ketadi, deya xabar berdi jurnalist Janluka Di Marcio.
Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi rahbariyati futbolchi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. SHu tariqa, yarim himoyachi erkin agentga aylanadi va boshqa klubga tekinga o'tishi mumkin bo'ladi.
28 yoshli Bernardeski joriy mavsumda "Yuventus" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
20:52
"Yuventus" EЧLga chiqa olmasa, katta zararga uchrashi, bir qancha futbolchilar ketishi mumkin 4

Fikrlar