So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

"Bernabeu"da fantastik kechalar bo'lib turadi", - Jud Bellingem "Real" kambek qilish niyatida ekanini aytdi Yangiliklar

"Bernabeu"da fantastik kechalar bo'lib turadi", - Jud Bellingem "Real" kambek qilish niyatida ekanini aytdi

Madrid klubi musobaqa chorak finalining dastlabki o'yinida "Arsenal"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Javob uchrashuvi ertaga, 16 aprel kuni bo'lib o'tadi. Jamoa futbolchisi Jud Bellingem ertangi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.


"Bernabeu"da doimo ajoyib muhit hukm suradi, u erdagi energiya yuqumli. Biz buni his qilamiz, bu bizdagi eng yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqaradi. 

"Kambek". So'nggi hafta davomida bu so'zni million marta eshitdim. Bu bizni juda ruhlantiradi. Bu oqshom aynan "Real" uchun yaratilgan. Boshqa biror muhim narsa qo'sha olmayman.

Birinchi o'yindagiga qaraganda ancha yaxshiroq harakat qilishimiz shart. Ko'proq jonkuyarlik ko'rsatish, to'p bilan ko'proq mahorat namoyish etish kerak. O'ylaymanki, biz bor kuchimizni ishga solmadik, lekin bundan ham ko'prog'iga qodir ekanligimizni bilamiz va buni ertaga ko'rsatmoqchimiz.

Birinchi o'yindan keyin kambek qilish qiyin, ammo jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini ko'rganingda, o'zingni barchasining bir qismi deb his qilasan. Bu narsa avval tezda seni qamrab oladi, vaziyatda o'zingni ancha ishonchli his qilishingga sabab bo'ladi.  Avtobusda ketayotganimizda [Londondagi o'yindan so'ng] hozirgidek his qilmasdik, lekin o'zimizga ishongan edik."

O'yinchilar bor kuchlari bilan harakat qilishlariga ishonishimiz kerak. "Bernabeu"da fantastik kechalar bo'lib turadi va biz bundan ham ko'prog'iga erishishimizga ishonamiz. Biz ahmoq emasmiz, balki o'z kuchimizga ishonamiz. "Arsenal" aslida bizni hayratda qoldirmadi. Jarima zarbalari bilan bog'liq vaziyat kutilmagan edi. Londonliklarda juda kuchli jamoa va ajoyib murabbiy bor," - dedi Bellingem.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика