

"Marca" nashrining xabar berishicha, 23 apreldan 30 aprelga qadar stadionda bir nechta tuproqli (grunt) kortlar barpo etiladi. Tennischilar ushbu maydonlarda turnirning asosiy bahslariga tayyorgarlik ko'rishlari mumkin bo'ladi. Takidlash joizki, turnirning o'zi odatdagidek 22 apreldan 3 maygacha "Caja Magica" majmuasida bo'lib o'tadi - "Bernabeu" esa faqat mashg'ulotlar uchun xizmat qiladi.
Bunday o'zgarish "Real"ning taqvimi tufayli amalga oshishi mumkin bo'ldi: "Alaves"ga qarshi bahsdan so'ng jamoa bir nechta o'yinni safarda o'tkazadi va stadion bo'sh qoladi.
Bu qadam yangilangan "Bernabeu"ni nafaqat futbol, balki turli yirik sport tadbirlarini qabul qila oladigan ko'p funkciyali arenaga aylantirish strategiyasining bir qismidir.



