Berdiev: "Yulduzlik kasalining davosi? Kamar!"
22 may 2016 19:55
Yangiliklar
Berdiev: "Yulduzlik kasalining davosi? Kamar!"
Rostov bosh murabbiyi Qurbon Berdiev jamoasining yosh futbolchisi Serdar Azmun haqida gapirib o'tdi.
"Azmun menga yaqin inson. Uning iqtidoriga keladigan bo'lsak, u hali hech nima qilgani yo'q. Serdar futbolda ilk qadamlarini qo'ymoqda. U hali juda yosh. Ehtiyot bo'lish kerak.
Yulduzlik kasalining davosi? Kamar. (kuladi). Men qolganlarga qaraganda Serdarga qattiqqo'lman. Bunga haqqim bor. Uning otasi menga istalgan uslubimni qo'llashimga ruhsat bergan. Azmunning Eronda 10 milliondan ortiq muxlisi bor", - deydi turkmanistonlik murabbiy.
Fikrlar