Ro'ziqul Berdiev: "Ruhiy va jismoniy tomondan qiynalyapmiz, ammo bunga o'zimiz aybdormiz"
23 noy 20:33
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ruhiy va jismoniy tomondan qiynalyapmiz, ammo bunga o'zimiz aybdormiz"
"Shuni takidlamoqchimanki, Elit OCHLda barcha raqiblarning darajasi yuqori. Ertaga bizni yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. O'ylaymanki, yigitlarni o'yinga yaxshi tayyorlay oldik va ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz", – dedi Ro'ziqul Berdiev ertangi uchrashuvdan oldin.
"Yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz. Nasib qilsa, muxlislarimizni xursand qilamiz va uch ochkoni qo'lga kiritamiz", – dedi Abduvohid Nematov.
- Jamoa Elit Ligada to'rt uchrashuv o'tkazdi. "Traktor"ning qolgan raqiblardan farqi qanday?
- "Traktor"da nomdor o'yinchilar kamroq bo'lishi mumkin, ammo ular jamoa sifatida juda kuchli. Terma jamoa futbolchilari va legionerlar ko'p. "Traktor" individual jihatdan emas, jamoaviy o'yinga ko'proq urg'u beradigan jamoa. Avvalgi raqiblarimizdan farqi shu deb o'ylayman.
- Abduvohid Nematovga savol. Eronga qarshi yaqinda o'ynadingiz. "Traktor" safidagi qaysi futbolchilar "Nasaf" darvozasiga ko'proq xavf solishi mumkin deb o'ylaysiz?
- Xavfni bir kishidan kutmaymiz. Imkon qadar har bir futbolchiga etiborli bo'lishga harakat qilaman.
- "Nasaf"ning ruhiy holati qanday? Yo'qotishlar yo'qmi?
- Hozir biz og'ir jarayonni o'tkazyapmiz. Ruhiy va jismoniy tomondan qiynalyapmiz, ammo bunga o'zimiz aybdormiz. Yigitlarga ham buni tushuntirdim. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun, g'alaba qozonishga intilamiz. Bazi bir futbolchilarimizda engil jarohat bor. Ertaga har bir futbolchi maydonda maksimal harakat qiladi degan umiddaman. Ushbu musobaqada hali imkoniyatlarimiz bor.
- Abduvohid Nematovga savol. Ertaga sizdan yuqori darajadagi o'yinni kutsak bo'ladimi?
- Nasib qilsa, albatta.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf"ning "Traktor"ga qarshi o'yini ertaga 18:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar
Олга Насаф
Кетиш вактинг келди берди
Насаф доим юкори натижалар учун курашиб кубокларни ютиб мухлисларини ургатиб куйган! Энди уша мухлисларга Рузикулни кераги булмай колибти... куллаш деган нарса йук бизни халкимизда, йикилсанг устингдан тепишга биринчи уринда турса керак...