Berdiev murabbiylik faoliyatini yakunlaydi?!
12 noy 2019 15:16
Yangiliklar
Berdiev murabbiylik faoliyatini yakunlaydi?!
"Rubin" va "Rostov" jamoalari sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdiev murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi.
67 yoshli mutaxassisni ko'proq bolalar-o'smirlar futboli qiziqtirmoqda. SHu sababdan tez orada murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi.
Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov futbol akademiyalari tarmog'iga asos bo'ladigan 4ta yopiq o'yin maydonlar qurish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Berdiev esa bu loyihalarni boshqaradi. Bundan tashqari u Turkmanistonda ham ayni shunday loyihalarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qurbon Berdiev bundan oldin "Ximik" (Jambul), "Qayrat", "Genchlerbirligi", "Munayshi", "Niso", "Kristall", "Rubin" va "Rostov" klublarida va Turkmaniston terma jamoasida ishlagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar