Benzemaning qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
07 sen 2022 21:29
Yangiliklar
Benzemaning qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida "Seltik"ga qarshi o'yinning 30-daqiqasida jarohat olib, almashtirildi (3:0).
Bugun hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, shundan so'ng uning jarohati jiddiy emasligi malum bo'ldi.
Tekshiruv natijalariga ko'ra, Benzemaga tizza bo'g'imining yallig'lanishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchi chamasi 7-10 kun vaqtni tiklanishga sarflaydi.
Ko'p vaqt o'tmay, Madrid klubi Karimda son mushaklarining jarohati tashxisi qo'yilganini elon qildi.
SHu tariqa, franciyalik futbolchi yakshanba kuni "Malorka"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi, uning 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Leypcig"ga qarshi o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida qolmoqda. Katta ehtimol bilan Benzema 18 sentyabr kuni "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.
Fikrlar