Benzemaga yana bir da'vogar jamoa paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 mar 2018, 10:58
"Real" hujumchisi Karim Benzemaning xizmatlariga yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchiga yozda "Lion" jamoasidan taklif bo'lishi kutilmoqda. U 2005-2009 yillarda aynan shu jamoa sharafini himoya qilgan. Uning transfer qiymati 30 mln evro bo'lishi kutilmoqda.

Benzema bu mavsumda "Real" tarkibida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol kiritdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca