Benzema va Beyl jarohati tufayli alohida mashg'ulot o'tkazmoqda
06 avg 2021 20:46
Yangiliklar
Benzema va Beyl jarohati tufayli alohida mashg'ulot o'tkazmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchilari Karim Benzema va Garet Beyl tiklanishda davom etmoqda.
Xabarlarga ko'ra, futbolchilar jarohati tufayli boshqa futbolchilardan alohida mashg'ulotlarni davom ettirmoqdalar.
Ferlan Mendi va Toni Kroos ham jarohatidan tuzalmoqda. Evro-2020 1/8 finalida jarohat olgan Eden Azar mashg'ulotlarning bir qismini umumiy guruhda o'tkazdi, lekin u hali to'liq tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, La Liganing birinchi turida "Real" safarda "Alaves"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 15 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar