So’nggi yangiliklar

16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  4 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  2 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  12 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0

Benzema Saudiya Arabistonidan ketmoqchi. Ammo, barchasi ham oson emas (mutolaa uchun) Yangiliklar

Benzema Saudiya Arabistonidan ketmoqchi. Ammo, barchasi ham oson emas (mutolaa uchun)

Francuzning Yaqin SHarqdagi muvaffaqiyatsiz faoliyati haqida gaplashamiz.

Karim Benzema Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng "Real"ning asosiy zarba kuchi bo'ldi. Francuz ketma-ket besh yil "qirollik klubi"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi va ulardan La Ligadagi faqatgina bir mavsumda 20tadan kam to'p kiritgan. Yulduz forvard "qaymoqranglilar" tarkibida "Oltin to'p" va boshqa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Karim balki hammasiga erishdim deb hisoblagandir, balki shunchaki vaziyatni o'zgartirishni xohlagandir. Nima bo'lganda ham 36 yoshli hujumchi o'tgan yozda "blankos" tarkibini tark etdi.

Katta ehtimol bilan Benzema qarorini to'satdan qabul qilgan. "Real"ning hozirgi sardori Nacho Fernandesning so'zlariga ko'ra, Karim hech kimga bu haqda oldindan aytmagan. Francuzning ko'plab jamoadoshlari uning qarori haqida so'nggi lahzada bilishgan. Futbolchi "Al Ittihod" taklifini qabul qildi va Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Forvardning qarori unchalik ham kutilmagan emasdi. Saudiyaliklar o'tgan yozda Krishtianu Ronaldu "Al Nasr"ga o'tganidan so'ng ko'proq yulduzli nomlarni olish uchun Evropa bozoriga shturm uyushtirishgandi.



Benzema "Al Ittihod" uchun chempionlik mavsumidan so'ng yaxshi kuchayish va butun klubning yuzi bo'lishi kerak edi. Karim katta maoshdan tashqari avtomatik tarzda sardorlik bog'ichi, jamoadagi asosiy yulduz maqomini oldi va butun ligadagi yulduzlardan biriga aylandi. Umuman olganda francuz Pro ligasidagi ilk o'yinidayoq assist qayd etgan holda yaxshi boshladi. SHundan so'ng u Saudiya Arabistonidagi ilk xet-trikini qayd etgan holda muntazam ravishda gollar urdi. Forvard jamoa unchalik yaxshi ishtirok etmagan bo'lsa ham klublar o'rtasidagi JCH o'yinlarida to'p kiritdi.

Bir tomondan, Benzema o'z ishini qildi. Boshqa tomondan esa barchasi ham silliq emasdi. "Al Ittihod" qiyin davrni boshdan kechirdi. CHempionlarda pasayish kuzatildi. CHempionlar ligasi doirasidagi Iroqning "Al Quva" jamoasiga qarshi o'yin tanaffusida jamoaning o'sha paytdagi ustozi Nunu Eshpiritu Santu kiyim almashtirish xonasida jamoani jiddiy tanqid qildi. Bu Karimni ham chetlab o'tmadi, ammo u murabbiyni jim turib eshitmadi. Mutaxassis va uning shogirdi o'rtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga keldi. Manbalarga ko'ra, ikki tomon ham o'tkir gaplarni ishlatishdan uyalishmagan.

Nunu ommaviy ravishda Benzema bilan kelishmovchilikni rad etdi, ammo tutun olovsiz bo'lmaydi. Tez orada portugaliyalikni istefoga chiqarishdi. Bir tomondan, rahbariyatni natijalar qoniqtirmadi, boshqa tomondan kiyim almashtirish xonasidagi atmosfera. "Al Ittihod" Nunu o'tgan mavsum jamoani chempion qilganiga qaramay Benzema tarafini oldi. Saudiyaliklar uning o'rniga o'sha paytga qadar sakkiz yil davomida "River Pleyt"da ishlayotgan Marselo Galyardoni tayinlashdi. Ammo, vaziyat unchalik yaxshilanmadi. "Al Ittihod" klublar o'rtasidagi JCHdan chiqib ketdi va qishki tanaffusga qadar jami 14ta gol o'tkazgan holda beshtadan to'rtta o'yinda yutqazdi.



"Al Ittihod" ayni damda Saudiya Arabistoni ligasida 18 o'yinda 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Benzema yarim yil davomida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi. Hammasi yaxshi ketayotgandi, ammo Karimning yangi murabbiy bilan munosabatlariga putur etdi. Galyardo francuzni klub ixtiyoriga tatildan vaqtida qaytmagani uchun chetlatdi. Futbolchining vakillari uning Mavrikiyda qolib ketgani, u erda ob-havo sabab ucha olmaganini aytishdi. Ammo, muammo shundaki, uning tatili barchanikidan oldin boshlangandi. Forvard jamoaning so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgan holda umuman Saudiya Arabistonidan ketib qolgandi.

OAV xabariga ko'ra, Benzema bir yarim hafta aloqaga chiqmagan. Karim klub ixtiyoriga o'rnatilgan muddatdan 10 kun keyin qo'shildi. Bu esa bir necha oy oldin francuzni xursand qilish uchun murabbiyni ham ayamagan rahbariyatga yoqmadi. OAV esa tabiiyki futbolchining "Al Ittihod"dan ehtimoliy ketishi haqida yozdi. Ammo, Saudiya ligasi rahbariyati yulduz hujumchini shunchaki qo'yib yubormaydi. Unga yangi klub topishga tayyorlar, ammo faqatgina liga ichida.

Bir muddat Karimning tarbiya topgan "Lion" jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqida mish-mishlar yurdi. Bu yaxshi voqea bo'lishi mumkin edi, ammo mamlakatida unga nisbatan munosabat yaxshi bo'lganida. Oldinroq Franciya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ommaviy ravishda futbolchini terrorchi guruhlarga aloqadorlikda aybladi. SHundan so'ng Marsel vice meri Valeri Buaye Karimni "Oltin to'p" va Franciya fuqaroligidan mahrum qilishga chorladi. Forvard hukumat azolariga qarshi davo arizasi bilan chiqdi, ammo har qanday holatda ham ayblov jiddiy.



"Lion" muxlislarining ham Benzemaning qaytishidan xursand bo'lishlari aniq emas. Karim shuningdek terma jamoadagi sherigi bilan shantaj qilish ishiga aralashib qolgan va shu sabab ancha vaqt mobaynida milliy jamoadan mahrum qilingandi. Mish-mishlarga ko'ra, o'yinchi bilan shartnoma imzolashga shuningdek APLning 3 klubi qiziqmoqda. Ammo, "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "CHelsi" haqida gapirilayotganini hisobga olsak bu variantlarning haqiqatga yaqinligi aniq emas.

Hamma evropalik futbolchilar ham Saudiya Arabistonida xursand emaslar. Bunga birinchi bo'lib Jordan Xenderson chiday olmadi. Angliyalik Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al Ittifoq"ni tark etdi va "Ayaks"ga qo'shildi. Ammo, Xenderson va Benzema turli darajadagi figuralar. Karim Ronaldu va Sadio Mane bilan birga Saudiya Arabistonining eng shov-shuvli transferlari uchligiga kiradi. Uni shunchaki qo'yib yuborishmaydi, qo'yib yuborishsa ham futbolchining o'zi katta narsadan mahrum bo'ladi, masalan katta puldan. Francuzning moliyaviy jihatdan boshqa yana nima "Real"dan voz kechib Saudiya Arabistoniga chorlagan bo'lishi mumkinligi qiziq, ammo bu xato qaror bo'lib chiqmoqda.


Footballhd.ru saytidan Abdusalom Djalilov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика