Benzema Ronaldudan o'zib ketdi

10 fev 2020, 01:05
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema jamoa rekordini o'rnatdi.

Fransiyalik forvard "Osasuna"ga (4:1) qarshi uchrashuvda Lukas Vaskesning goliga asistentlik qildi. Bu hujumchi uchun "qirollik klubi" libosida amalga oshirilgan 132-samarali uzatmaga aylandi. Shu tariqa, Benzema 131ta golli uzatma bilan klub tarixida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etib trgan Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi va jamoa rekordini o'rnatdi.

Ma'lumot uchun, Karim La Liganing joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va jamoadoshlari 6 bor shunday imkoniyatni yaratib bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/Footballogue