Benzema "Oltin to'p" haqida: "Rodri sizni "vau" deyishga majbur qiladigan hech narsa qilmaydi"
30 okt 2024 13:02
Yangiliklar
Benzema "Oltin to'p" haqida: "Rodri sizni "vau" deyishga majbur qiladigan hech narsa qilmaydi"
"France Football" talqiniga ko'ra, "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi xavbeki Rodri 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinicius Junior esa ikkinchi o'rinni egalladi.
"Men Vinicius bilan gaplashdim, u xafa. Va bu normal holat. U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga haqli edi.
Meni Rodriga nisbatan xusumatim yo'q, u yaxshi o'yinchi... Lekin men divanda o'tirib televizor ko'raman va Rodri sizni "vau" deyishga majbur qiladigan hech narsa qilmaydi. Vini esa buni bir necha marta qilgan.
O'ylaymanki, bu juda murakkab lahza, butun dunyo "Oltin to'p"ni sen olishingni kutadi va oxir-oqibatda bunday emasligi malum bo'ladi. Vinicius - yaxshi yigit. U harakat qilishda davom etadi va bir kun kelib o'zining "Oltin to'p"ini qo'lga kiritadi", - dedi Madrid klubining sobiq futbolchisi "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar