Benzema ilk bor "Santyago Bernabeu"da "Atletiko" darvozasini ishg'ol qildi
02 fev 2020 00:31
Yangiliklar


Benzema ilk bor "Santyago Bernabeu"da "Atletiko" darvozasini ishg'ol qildi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema La Liga 22-turi doirasidagi "Atletiko"ga(1:0) qarshi o'yinda g'alaba goliga mualliflik qildi.
Bu gol franciyalik hujumchi uchun "Santyago Bernabeu"da "Atletiko" darvozasiga kiritilgan birinchisi bo'ldi. Takidlash lozimki, 32 yoshli forvard "Real"ning uy stadionida "matraschilar"ga qarshi 16 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 34 marta zarba yo'llagandi.
SHuningdek, Benzema bugun La Ligada 5 o'yindan iborat golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar