

Forvard Fransiya futbol ittifoqi tomonidan mukofotni qabul qilib oldi. Benzemadan tashqari mukofot uchun Mayk Menyan, Teo Ernandes (ikkisi ham - "Milan"), Ngolo Kante ("Chelsi") va Usmon Dembele ("Barselona") da'vogarlik qilishgan edi.
Benzema 2021/22 yilgi mavsum "Real" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 44ta gol va 15ta assist qayd etdi.
U jamoa bilan birgalikda Ispaniya chempioniga aylandi va CHL finaliga chiqdi.



