Benzema Fransiyaning chet elda harakat qiladigan eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
16 may 2022, 15:30
"Real" hujumchisi Karim Benzema chet elda harakat qiladigan fransiyalik o'yinchilar orasida eng yaxshi deb topildi.

Forvard Fransiya futbol ittifoqi tomonidan mukofotni qabul qilib oldi. Benzemadan tashqari mukofot uchun Mayk Menyan, Teo Ernandes (ikkisi ham - "Milan"), Ngolo Kante ("Chelsi") va Usmon Dembele ("Barselona") da'vogarlik qilishgan edi.

Benzema 2021/22 yilgi mavsum "Real" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 44ta gol va 15ta assist qayd etdi.

U jamoa bilan birgalikda Ispaniya chempioniga aylandi va CHL finaliga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP