Benzema FFF rahbariga javob qaytardi
17 noy 2019 02:33
Yangiliklar


Benzema FFF rahbariga javob qaytardi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Franciya Futbol Federaciyasi rahbari Noel Le Graening so'zlariga javob qaytardi.
Biroz avval Noel Benzemaning Franciya terma jamoasi safidagi sarguzashtlari yakunlanganini takidlagandi. Bunga javob Benzemaning Twitter'dagi rasmiy sahifasida qoldirildi:
"Noel, ishonamanki, siz murabbiyning qarorlariga aralashmaysiz. Bilingki, xalqaro maydondagi faoliyatimga men, faqat men chek qo'ya olaman. Agar siz mening terma jamoadagi faoliyatim yakunlangan, deb o'ylasangiz, menga boshqa mamlakat sharafini himoya qilish huquqini bering. SHunda ko'ramiz!".
Eslatib o'tamiz, Benzema Franciya terma jamoasi safida so'nggi marta 2015 yil maydonga tushgan va yarim himoyachi Mate Valbuena shantaji bilan bog'liq mojarolar sabab terma jamoadan chetlashtirilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar