Benzema CHempionlar ligasida 90-golini urdi
13 apr 2023 07:12
Yangiliklar


Benzema CHempionlar ligasida 90-golini urdi
Karim Benzema CHempionlar ligasida gol urish bo'yicha "yuzlik dovon"ga yaqinlashmoqda.
"Real" futbolchisi "CHelsi"ga qarshi chorak final o'yinida ham maydonni golsiz tark etmadi. U turnirdagi 149-o'yinida 90-golni urdi.
Ularning 56 tasi guruh bosqichida, 17 tasi 1/8 final, 8 tasi 1/4 final, 8 tasi yarim final va 1 tasi finallarda urilgan.
Undan faqatgina uch nafar futbolchi ko'p gol urgan: Krishtianu Ronaldu (140), Lionel Messi (129) va Robert Levandovski (91).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar