

"Nyukasl" jamoasi "Suonsi" ustidan yirik g'alabani rasmiylashtirdi. Jamoa so'nggi ettita o'yinda atiga bir ochko to'plagandi. Benitez ushbu yoqimsiz seriyaga yakun yasadi va o'zining yangi jamoasi bilan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi.
Rafael Benitez mart oyining boshlarida "Nyukasl" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi.



