Benites: "Imkon qadar uzoqroq "Everton"da qolmoqchiman"
27 noy 2021 16:04
Yangiliklar
Benites: "Imkon qadar uzoqroq "Everton"da qolmoqchiman"
"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites amaldagi shartnomasi uch yilga mo'ljallanganiga qaramay, Liverpul klubida imkon qadar ko'proq ishlamoqchiligini aytdi.
"SHartnomamda ko'zda tutilganidek, bu erda bor yo'g'i uch yil qolmoqchi emasman. "Everton"da imkon qadar uzoqroq qolmoqchiman.
Klubning yangi stadionini ko'rishni va "Everton" bilan muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Biz pul sarflamay, tarkibimizni kuchaytiramiz va jamoani yaxshilaymiz, bu malum bir mahoratni talab qiladi", - deydi Benites.
Benites "Everton"ni 2021 yilning yozida qabul qilib olgan edi va uning shartnomasi 2023/24 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan. "Ko'klar" ayni damda 15 ochko jamg'argan holda, APL jadvalida 11-o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar