Benedikt Xevedes: "Styaua"ga qarshi o'yinda juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik"
27 noy 2013 16:23
Yangiliklar


Benedikt Xevedes: "Styaua"ga qarshi o'yinda juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik"
"SHalke" futbolchisi Benedikt Xevedesning aytishicha, "Styaua"ga qarshi o'yinda qayd etilgan 0:0 hisobi o'yinga mos bo'ldi.
"Ha, qiyin bo'ladi endi. Hal qiluvchi o'yin oldidan katta bosim orttirib oldik o'zimizga. Biroq buni enga olishimiz kerak. "Bazel" ustidan faqatgina g'alaba qozonishimiz kerak. "Styaua"ga qarshi o'yinda juda ko'p imkoniyatlarni ko'kka sovurdik. To'g'ri, bizga ham bir necha vaziyatlarda omad kulib boqdi", dedi futbolchi.

Fikrlar