So’nggi yangiliklar

23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  956 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  15 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  9 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  6 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  11

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" javob o'yinida ham "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi va finalga yo'l oldi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" javob o'yinida ham "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi va finalga yo'l oldi

Evropa ligasining yarim finali "Manchester Yunayted" - "Atletik" javob o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Atletik" 4:1

Gollar: Maunt (72, 90+2), Kazemiro (80), Xoylund (85) - Xauregisar (31).

Manchester Yunayted: Onana, Yoro, Maguayr, Lindelef (Maynu, 81), Fernandesh, Garnacho (Diallo, 62), Dorgu, Mazraui (Shou, 62), Kazemiro (Amass, 81), Ugarte (Maunt, 62), Xoylund.

Zaxiradagilar: Bayindir, Xiton, Fredrikson, Kamason, Eriksen, Mantato.

Atletik: Agirresabala, Berchiche, Gorosabel (De Markos, 61), Nunes, Alvares, Xauregisar, Ruis de Galarreta (Prados, 61) Gomes (Guruseta, 67), Berenger, Jalo (Olabarreta, 61), Sannadi.

Zaxiradagilar: Simon, Buaro, Lekue, Paredes, Kanales, Rego Mora, Varela Parra, Vesga, 

Ogohlantirish: Mazraui (25), Xauregisar (39), Kazemiro (59), Nunes (78), Berenger (79), Dorgu (90+1).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi do'stlar! 21 maydan 22 mayga o'tar kechasi finalda ingliz jamoalarini ko'ramiz.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! MAUNTTTTT!!! U markazdan bo'sh darvozaga to'pni kiritib qo'ya qoldi)

O'yinga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'yin deyarli tugadi hisob. Jamoalar to'xtab qolishdi. "Atletik" faqat follar qilish bilan band endi.

85. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Amad bu gol uchun barcha ishni qildi va Xoylundga to'pni oshirdi. Rasmus osonlik bilan gol urdi!

84. Maynuning zarbasi soddagina chiqdi, Agirresabalaga to'pni ushlab olish qiyin bo'lmadi.

81. Kazemiro keyingi o'yinga saqlandi va zaxiraga olindi. "Old Trafford" uni olqishlar bilan kuzatdi. Dahshatli darajada zo'r o'yin ko'rsatgan Kazemiro "Real"dagi praym davrini eslatib yubordi.

80. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! KAZEMIROOOOOOOOO!!! Jarima zarbasidan MYU osonlik bilan ishni hal qildi. Ish pishdi do'stlar. MYU finalda "Tottenxem" bilan o'ynaydi.

78. MYUda jarima zarbasi. Mankunianliklar o'ziga kelib oldi.

Nihoyat, bizga futbol otasi ser Aleks Fergyusonni namoyish qilishdi. Bu kadrlarni biz ham kutayotgandik)

74. UXXXXXXXXX!! Gurusetaning zarbasi biroz noaniq ketdi.

72. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! MAUUUUNNNTTTTTTT!! 10 daqiqa oldin maydonga tushgan Meyson Maunt juda chiroyli gol urdi!70. ZARBAAAAAAAAA!! Brununing zarbasi himoyachilardan o'tmadi. MYU ikkinchi bo'limda birinchi marta hujumga o'tdi.

68. UXXXXXXXXXXX!!! Lindelofning xatosidan keyin "Atletik" futbolchisi darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

64. MYU xotirjamlik bilan finalni hal qilaman deb maydonga tushgan shekilli. Bu xato albatta. "Atletik" dominantlik qilmoqda.

62. Ikkala jamoa tarkiblarida bir qancha o'zgarishlar bo'ldi.

60. Bu orada MYUda bir yo'la uch o'zgarish amalga oshiriladi.

59. Kazemiro raqibini ochiqchasiga qo'pollik bilan yiqitgani uchun ogohlantirildi.

58. Mehmonlarda yana burchak zarbasi.

55. "Atletik" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Bir zarba Maguayrga tegib ham qaytdi. Hozircha MYU uchun biroz og'ir va yurakka og'riq beradigan o'yin bo'lmoqda)

51. "Atletik" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Xavfli nuqta.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus!

45+2. "Atletik" juda zo'r hujum uyushtirdi. Gomesning qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Onana to'pni ushlab oldi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GARNACHCHOOOOO!! U golli vaziyatlarni yo'q qilishda davom etadi. U birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Garnacho ushbu mavsumda eng ko'p golli vaziyatlardan gol ura olmagan futbolchi hisoblanadi.

41. "Atletik" jarima maydonchasi ichida "Yunayted" futbolchilari ketma-ket yiqildi. Hakam bu vaziyatlarga reakciya ko'rsatganicha yo'q. Muxlislar esa penalti talab qilishdi.

36. DORGUUUUU! MYU juda zo'r imkoniyatga ega bo'lgandi. Dorgu qulay nuqtadan zarba yo'llagandi, himoyachi to'pni qaytardi.

34. "Yunayted" o'yinni sokinlashtirishga harakat qilmoqda.

31. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Xauregisardan supergol! Bu vaziyatda Maguayr qo'pol xatoga yo'l qo'ygan ekan.

30. "Yunayted" yaxshi hujum uyushtirdi. Kazemironing super pasidan keyin Dorgu chap qanotdan markazdagi, darvoza yonidagi sherigiga to'pni oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

25. Mazrauiga sariq kartochka ko'rsatildi.

24. VAR penalti yo'qligini malum qildi. 

22. Dorgu raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. VAR ishga tushdi, penalti ko'rilmoqda. Menimcha bu penaltiga "tortmaydi".

21. Berengerning zarbasi noaniq ketdi.

20. Garnacho tezkor harakatlari orqali oldinga ketayotgandi. To'pni osonlik bilan raqibiga oldirdi.

17. Pressing orqali to'pni olib qo'ygan MYU futbolchilari 3-2 holatda hujumga o'tdi. Xoylund to'pni yaxshi to'xtata olmagani uchun to'pni mehmonlar olib qo'ydi.

16. XAVFLI VAZIYAT! Garnacho raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Agirresabala to'pni ushlab oldi.

13. Garnacho raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borishi mumkin edi. Agirresabala jarima maydonchasini tashlab chiqib, to'pni autga tepib yubordi.

12. Hozircha to'liq ustunlik mehmonlar tarafida.

9. ZARBAAAAAAAAA!!! Berenger juda qulay nuqtadan Onana darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p darvozadan salgina yuqoriroqdan o'tib ketdi.

4. "Yunayted" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga hech kim tegmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика