So’nggi yangiliklar

10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  0 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  2 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  4 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  25 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  2 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  9 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  7 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  1 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  1 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  42 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0

Grigoriy Kolosovskiy: "Birinchi bo'limning o'zida 2-3ta gol ursak bo'lardi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Birinchi bo'limning o'zida 2-3ta gol ursak bo'lardi"

Pro-liganing 5-turi doirasida "Aral"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'tgan turda ikkala jamoa ham mag'lub bo'lgani uchun bugun g'alaba uchun maydonga tushdi. O'sha mag'lubiyatdan keyin biz jamoa bilan jiddiy ishlar olib bordik. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bahs golgacha davom etdi. Kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha jamoaning g'alaba uchun imkoniyati oshardi. Yana o'sha muammomiz kuzatildi: yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Birinchi bo'limning o'zida 2-3ta gol ursak bo'lardi. Albatta, himoyada ham qo'pol xatolar qildik. Himoyachimiz jamoamizni goldan qutqarib qolgan vaziyati ko'proq yodda qoldi. Ikkinchi bo'limda o'zimizni yaxshiroq his qilish uchun birinchi bo'limda vaziyatlarimizdan gollar urishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda harakatlarni ko'paytirdik, to'pni ko'proq nazorat qildik va ko'proq vaziyatlar yaratdik. Ha, birinchi bo'limdagidan kamroq vaziyat yaratgandirmiz, biroq ikkita gol urdik. Uchinchi golga ham yaqin kelgandik, biroq taqdir emas ekan. Bu golni keyingi o'yinlarga olib qo'ydik. Ochko uchun kurash jiddiy kechdi. Biz g'alaba qozonishni istadik, har bir vaziyat uchun kurashdik.

- Bugun jamoa etakchisi Akaki Shulayaning zaxirada qoldirilishiga sabab nimada?

- Shulayani zaxirada qoldirib, boshqa futbolchilarga imkoniyat berdik. O'tgan o'yinlarda biz ko'proq uning qanotidan hujumga o'tayotgandik, bugun esa rejada chap qanotni ishga solish asosiy o'rinda edi. Shulaya bo'lsa biz birdaniga ikkala qanotdan ham ko'proq hujum qilsak bo'lardi. U orqali individual, jamoaviy hujumlar soni oshdi. Qanotlarda faollik oshdi. Biroq himoyada yana xatoliklar kuzatildi. Bu borada jiddiy gaplashib olish kerak. Qarshi hujumlarni bunchalik oson qo'yib yubormaslik kerak.



- Bugungi g'alabani 6 ochkolik g'alabaga qiyoslasak bo'ladimi?

- Yo'q, kurash hali davom etadi. Oldinda yana 3 davra bor. Kurash oxirgi turgacha davom etadi deb o'ylayman. Mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlamoqchi edik, biroq bunday bo'lmas ekan. Barcha jamoalar oxirigacha kurashmoqda, ayniqsa, turnir favoriti sifatida o'ynayotgan bizga qarshi ikki karra ko'proq kuch bilan o'ynashyapti. Shu sababli bizga ham etarlicha darajada qiyin bo'lmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика