So’nggi yangiliklar

19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  12 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  6 18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  19 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  4 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0

Nematulla Quttiboev: "Bugun kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha g'alaba qozonardi" Yangiliklar

Nematulla Quttiboev: "Bugun kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha g'alaba qozonardi"

Pro-liganing 5-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Aral" jamoasi bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev matbuot anjumanida qatnashdi.


- "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin bo'ldi. Ilk daqiqalardanoq vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldik. Bugungi o'yinda kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha g'alaba qozongan bo'lardi.

- "Aral" jamoasi sardori Salamat Quttiboev jarohat sababli o'yinni erta tark etdi. Bu jamoaning o'yiniga qanchalik tasir qildi deb o'ylaysiz?

- U bizning etakchi futbolchimiz. Bu albatta, o'z tasirini o'tkazdi. Kutilmagan holat bo'ldi. Salamat chiqib ketganidan keyin ham golga tortadigan vaziyat yaratdik, biroq gol ura olmayapmiz. 

- Jamoangiz bugun yomon o'ynadi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bugun zo'r o'ynadik. Ayniqsa, birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Kichik epizodlarda ko'p xatolar qildik.



- Pro-liganing ushbu mavsumi Siz uchun qanday o'tyapti?

- 6ta jamoa bilan bir davrani tugatdik. Tanaffus ko'p, 10-11 kun bo'lyapti. Qiyin bu, bizlarga ham, yigitlarga ham. Barchani yuqori jismoniy holatda ushlab turish qiyin.

- Birinchi bo'lim boshida jamoangiz bir qancha yaxshi vaziyatlar yaratgandan keyin birdaniga sekin o'yin ko'rsatishni boshladi. To'p chiqib ketgan vaziyatlarda sekin o'yinga kiritib, o'yinni sekinlashtirishga harakat qildi. Siz raqibning xatosini kutish orqali o'yinni tashkil qilishni istadingizmi?

- Yo'q, biz o'yin boshidanoq pressing orqali hujumkor o'yin namoyish qilishni ko'rsatma bergandik. Ilk daqiqalardagi vaziyat ham pressingdan keyin yuzaga keldi. To'p chiqib ketganidan keyin pauza bilan o'yinga kiritishni ko'rsatma bermaganman. Bu o'yindan kelib chiqib amalga oshdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика