Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya"ni tark etadi. Asosiy davogarlar – "Manchester Yunayted" va "Liverpul"
13 sen 2022 20:55
Yangiliklar
Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya"ni tark etadi. Asosiy davogarlar – "Manchester Yunayted" va "Liverpul"
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin.
"Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plettenbergning "Football Daily" nashriga aytishicha, angliyalik futbolchi 2023 yilning yozida albatta Dortmund klubini tark etadi. 19 yoshli yarim himoyachi uchun asosiy davogarlar – "Manchester Yunayted" va "Liverpul".
Avvalroq Bellingemga "Real" ham qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabar berilgandi.
Judning Dortmundning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Markaziy yarim himoyachi ushbu mavsum dortmundliklar safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar